Breaking News

Prezident farmonlari - AQShda Kongress tasdig'isiz chora ko'rishga imkon beruvchi vosita


AQShda prezidentlar ba’zan ayrim masalalarni Kongress qarorini kutmasdan prezident farmoni orqali hal qiladi. Masalan, Prezident Donald Tramp 2017-yilda, asosan, musulmonlar yashovchi bir necha mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini aynan farmoni orqali cheklab qo’ygan edi.

Xalqaro hayot – 24-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:22 0:00

20-yanvar kuni bo’ladigan inauguratsiyaga hozirlanayotgan Jo Bayden ham bunday boshqaruv usulidan foydalanib turishi aniq.

“Har bir farmonni keyingi farmon bilan bekor qilsa bo’ladi. Jo Bayden ba’zi oliy farmonlarni o’zgartirishiga aminman”, - deydi Kaliforniya universitetidan Jon Vulli.

Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonning ilk farmoni davlat idoralariga yo’riqnomalardan iborat bo’lgan.

Avraam Linkoln esa “Erkinlik proklamatsiyasi” orqali qullarni ozod etgan.

Yana bir prezident Franklin Ruzvelt 12 yillik boshqaruvi davomida 3700 dan ortiq farmon chiqargan.

Bir tomonlama qaror chiqarish vakolati AQSh Konstitutsiyasida cheklanmagan. Bu prezident ijroiya hokimiyat tepasida turganidan dalolat.

“Farmonlar ijroiya hokimiyatning Konstitutsiyada belgilangan keng vakolatlarining tabiiy qo’llanilishi natijasida vujudga kelgan”, - deydi Viskonsin universiteti olimi Kennet Meyer.

Franklin Ruzveltning Ikkinchi jahon urushu paytida yapon millatiga mansub amerikaliklarni lagerlarda saqlash farmoni bugungi kunda keng tanqid qilinadi.

Amaldagi prezident Kongressdan o’tkaza olmagan tashabbuslarini farmonlar orqali hal qildi. Iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga doir Parij bitimidan chiqish qarori shulardan biri.

“Endi har kungi xabarlar hokimiyatning bo’linishi, konstitutsion muammolar haqida bo’lyapti”, - deydi Baltimor universitetida huquqshunos Kim Veyl.

Tramp prezidentligining birinchi yilida 55 ta farmon chiqargan. Ulardan biri janubiy chegarada devor qurish haqida edi.

Bir paytlar hokimiyatning turli bo’g’inlari hamkorlikda ishlagan edi. Masalan, 1950-yillarda Oliy sud qarori va Prezident Duayt Eyzenxauer farmoni orqali maktablar birlashtirildi.

Ammo ba’zan prezidentlar bir tomonlama harakat qilib, hokimiyatning boshqa idoralari bilan nizolarga sabab bo’ladi. Koreya urushi paytida Garri Trumen prezident farmoni orqali po’lat zavodlarini davlat tasarrufiga o’tkazgan.

“Bu urush maqsadlarida xususiy sektorni nazoratga olishga qaratilgan harakat edi. Sud farmonga qarshi chiqqan. Albatta, u paytda sudlar boshqacha edi”, - deydi Veyl.

Trampning prezidentlik muddati tugashiga ikki oy vaqt qolarkan, u qator farmonlari orqali hukumatda o’z izini qoldirishga intilmoqda – muhim lavozimlarga o’ziga sodiq odamlarni qo’yib, hukumatda ba’zi qoidalarni joriy etyapti.

“Kelasi ikki oy ichida Tramp ma’muriyatidan ko’plab qoidalar joriy etilishiga guvoh bo’lamiz. Bu Bayden jamoasi ishini sekinlashtirishi aniq”, - deydi Jon Vulli.

Yangi prezident ish boshlashi bilan qator boshqa farmonlarga guvoh bo’lamiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG