Breaking News

Saylov-2012: Romni reytinglarda oldinda, Kristi poygaga qo'shilmaydi


Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vogarlar. Ulardan qaysi biri 2012-yil noyabrida Obama bilan bellashadi? Buni kelasi yil boshida o'tadigan saralash jarayoni aniqlab beradi.
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vogarlar. Ulardan qaysi biri 2012-yil noyabrida Obama bilan bellashadi? Buni kelasi yil boshida o'tadigan saralash jarayoni aniqlab beradi.

Kelasi yil noyabr oyida bo’lib o’tadigan saylovda Barak Obama bilan bellashmoqchi bo’lganlar xalq ko'nglini ovlash bilan ovora.

“Fox News” televizion kompaniyasi o’tkazgan so’nggi so’rov natijalariga ko’ra, prezidentlikka respublikachi da’vogarlardan Massachussets shtati gubernatori Mitt Romnining reytingi eng baland – 23 foiz. Texas gubernatori Rik Perri undan 4 foiz orqada. Jorjia shtatidan tadbirkor Xerman Keyn uchinchi o’rinda 17 foiz bilan.

Lekin 11 nomzoddan hech qaysi biri saylovchilarga to’la ma’qul, deb bo’lmaydi.

Saylovgacha hali bir yildan ko’proq vaqt bor. Reytinglar tez-tez o’zgarib turishi shubhasiz. Ayniqsa, poygaga yangi arboblar qo’shilsa.

Nyu-Jersi shtati Kristofer Kristi poygaga kirmaslikka qaror qildi
Nyu-Jersi shtati Kristofer Kristi poygaga kirmaslikka qaror qildi

Nyu-Jersi shtati gubernatori Kris Kristi, katta quvvatlov va undovga qaramay o'z nomzodini qo'ymaslikka qaror qildi.

Siyosiy tahlilchi Eymi Uolter deydiki, saylovga deyarli bir yil qolganda poygaga qo’shilish oson emas.

“Texas gubernatori Rik Perri misolida ko’rib turibmiz. O’yin qizigan paytda kirib kelib, yulduz bo’lib chaqnadi-yu, ko’p o’tmay so’na boshladi”, - deydi Uolter.

Necha nomzod maydonga chiqishidan qat’iy nazar ular orasidan raqobatga bardoshlisi tanlanadi.

Respublikachilar uchun kelasi yili Barak Obama ustidan g’alaba qozonish – eng muhimi, deydi siyosatsunos Jon Fortier.

“Saylovchilar orasida Rik Perrining obro’si balandroq bo’lsa-da, Mitt Romni bilan taqqoslaganda imkoniyatlari qanday? Obamani yenga oladimi? Shunga qarab ularni tanlashadi”, - deydi Fortier.

Kelasi yil boshida Ayova va Nyu-Gempshir shtatlarida ichki partiyaviy saylovlar o’tkazilib, respublikachilardan yagona nomzodni tanlash jarayoni boshlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG