Breaking News

Bayden Trampdan Jorjiya va Pensilvaniyada o'zib ketdi


Pensilvaniyada ovozlarni hisoblash jarayoni

AQShning so’nggi besh shtatida saylovda berilgan ovozlar hisoblanar ekan, demokratlardan nomzod Jo Bayden Jorjiya va Pensilvaniya shtatlarida Prezident Donald Trampdan o’zib ketdi.

Xalqaro hayot – 6-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:42 0:00

Tramp saylov shtabi bir necha shtatdagi qonunbuzarliklarga ishora qilgan holda sudga shikoyat qilgan.

“Filadelfiya shahridagi saylov uchastkalarida Bayden ismi tushirilgan niqob va futbolka kiygan odamlarning byulleten hisoblayotganiga ko’zim tushdi”, - deydi Trampning Pensilvaniyadagi tarafdorlaridan biri.

G’alabaga ancha yaqin turgan Bayden barchani xotirjamlikka chaqirdi.

“Demokratiya ba’zan tartibsiz bo’ladi. Ba’zan sabr-toqat talab qiladi. Aynan sabr-toqat tufayli 240 yildan oshiq vaqt faoliyat ko’rsatayotgan, dunyo havas qiladigan boshqaruv tizimiga egamiz”, - dedi u.

Tramp demokratlarni ovozlarni soxtalashtirish, o’g’irlashda aybladi.

“Agar barcha qonuniy ovozlarni hisobga oladigan bo’lsak, men osonlikcha g’alaba qozondim. Noqonuniy ovozlarni qo’shsak, saylovni bizdan o’g’irlashga harakat qilishayotganini ko’rsa bo’ladi”, - dedi u.

Tramp saylov shtabi Jorjiya, Michigan, Pensilvaniya kabi muhim shtatlarda ovozlarni hisoblashda qalloblik bo’lgan deya, sudlarga 10 dan ortiq shikoyat yo’llagan.

“Nazarimda, nomzodlar deyarli teng ovoz to’plagan barcha shtatlarda da’vo ochib, sud ishlaridan ba’zilarining Oliy sudga oshirilishiga umid qilishadi. Oliy sudda esa konservativ sudyalar ularga yon bosishiga umid qilishadi”, - deydi AQSh saylov qonuni haqida kitob yozgan muallif Stiv Mulroy.

Tramp shtabiga ko’ra, Nevada shtatida nevadalik bo’lmagan minglab odam ovoz bergan.

“Noqonuniy ovozlarni ham qo’shib hisoblashyapti”, - deydi shtab vakili Richard Grenell.

Yuridik da’volardan biri qondirilib, Filadelfiya shahrida siyosiy partiyalar vakillari endi hisoblash jarayonini yaxshiroq nazorat etish imkoniga ega bo’ldi. Biroq Michiganda o’xshash da’vo qondirilmadi. Jorjiyada esa saylov mutasaddilari yaroqsiz byulletenlarni ham hisoblayotgani haqidagi shikoyat ham sud tomonidan inobatga olinmadi.

“Da’volarning barchasi asossiz - e’tiborni chalg’itish, muqarrarlikni kechiktirishdan boshqa narsa emas. Jo Bayden AQShning keyingi prezidenti bo’ladi”, - deydi uning saylov shtabi rahbari Jen Omalli Dillon.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG