Breaking News

Ot-aravadan tezyurar poyezdlargacha: AQSh temir yo'llari tarixi


AQSh temir yo'llari tarixi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:00 0:00

Qo’shma Shtatlarda temir yo’l orqali asosan yuk tashiladi. Yo’lovchi tashish xizmati boshqa davlatlarda bo’lgani kabi keng rivojlanmagan. Masalan, poyezdda mamlakatni aylanib chiqa olmaysiz. AQShda ilk temir yo’l Merilend shtatida 1828-yilda qurilgan. Uzunligi atigi 25 kilometr bo’lgan.

AQShda bug’da harakatlanuvchi ilk lokomotiv, Tom, Baltimor shahrida ishga tushgan. Soatiga 20 kilometr yo’l yurgan - o’sha payt uchun bu tezyurar poyezd edi. Bu tezlikda odam hatto eshitish va ko’rish qobiliyatidan ayrilishi mumkin, deb gazetalarda yozib chiqishgan.

“Qarang, otga qo’shiladigan klassik aravaga o’xshaydi. Lekin g’ildiraklari temir yo’l ustida yurishga mo’ljallangan”, - deydi Kortni Vilson, temir yo'l muzeyi direktori.

AQSh temir yo’l mashinalari bug’da harakatlanuvchi lokomotivlarga aylanishi uchun yana 10 yil vaqt ketdi.

25 raqamli lokomotiv - AQSh Temir yo’l muzeyi durdonalaridan biri. Fuqaro urushi davrida ittifoq kuchlarini, harbiy anjomlarni tashigan. Prezident Avram Linkoln inauguratsiyasiga shu poyezdda borgan.

20-asrda lokomotivlar Gollivud filmlarida ko’z-ko’z qilina boshlagan. Ayniqsa Elizabet Teylor, Vill Smit bosh rolni ijro etgan filmlardan keyin bu mashinalarning yurt bo’ylab dong’i ketdi. Ular transport vositasidan san’at asarlariga aylandi.

“Juda ko’rkam mashina. Bo’yalgan, bezatilgan, yaltiroq, ayrim qismlari misdan yasalgan. Ammo yo’lga chiqqandan keyin bu narsalar o’z-o’zidan yo’qoladi. 1876-yilda qurilgan bu lokomotiv Amerika g’arbini ochib bergan”, - deydi Kortni Vilson.

Amerika g’arbini kashf etish oson kechmagan. Istagan bir narsa, jumladan sigirlar podasi poyezdga to’g’anoq bo’lishi mumkin edi. Panjara shaklidagi moslama shu tariqa paydo bo’lgan.

1930-yillarga borib poyezdlar kosmik apparatlarga o’xshab qoladi. 1947-yilda bug’da harakatlanuvchi lokomotivlarning eng kattasi va kuchlisi paydo bo’ladi. Mashina shu qadar baquvvat ediki, ko’mir bilan to’ldirilgan yuzlab vagonlarni osonlikcha torta olgan. Shunga qaramasdan, bug’ motor zamoni o’tayotgan edi.

“1000 raqamli yana bir mashina. Dunyodagi eng muhim lokomotivlardan biri bu, chunki birinchilarning birinchisi. Dizelda yuradigan bu mashina oxir-oqibat bug’da ishlaydigan motor o’rnini egallagan”, - deydi muzey direktori.

1950-yillarda avia parvozlar zamoni kirib keladi, Amerika bo’ylab trassalar quriladi. Bugun tezyurar poyezdlarni asosan AQShning sharqiy sohillarida ko’rish mumkin.

Samolyotda uchish nisbatan oson, arzon va tez bo’lgani uchun bugun poyezdda yurish kamayib ketgan. Ammo bu transport turi yo’qolib ketmaydi. “SpaceX” kompaniyasi Xayperlup nomli tezyurar poyezdlarni yo’lga qo’ymoqchi. Mashinada olti soat yuradigan yo’lni bu poyezdda yarim soatda bosib o’tasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG