AQSh: "Islomiy davlat" va Eron - hamon terror manbalari

  • Amerika Ovozi

Fransiya maxsus kuchlari Belgiyada qo'shma mashqlarda

Terror xurujlari va terrorizm bilan bog'liq o'lim hollari o'tgan bir yil ichida sezilarli darajada kamaygan, lekin "Islomiy davlat" va Eron homiyligidagi jangari guruhlar solayotgan tahdid hamon yuqori. Global terrorizm yuzasidan yillik hisobotning asosiy xulosalaridan biri shu.

Davlat departamenti chiqaradigan bu tahlilnomaga ko'ra, 2015-yil bilan qiyoslaganda, 2016-yilda terror hujumlari 9 foizga kamaygan, o'lim hollari esa 13 foizga.

"Islomiy davlat" Iroqda xurujlarni 20 foizga oshirgan.

Liviya, Somali, Yaman, Nigeriya, Misr, Afg'oniston va Pokistonda bu guruh yangi o'choqlarga ega.

"Islomiy davlat", - deydi Jastin Siberell, Davlat departamenti rasmiysi, "eng ko'p hujum qilayotgan to'da".

Nyu-York
Nyu-York

Kongressda Mudofaa vaziri Jim Mattis va Davlat kotibi Reks Tillerson bilan qonunchilar yopiq eshiklar ortida brifing o'tkazgan. Unda tahlilnomadagi nozik topilmalar muhokama qilingan.

Respublikachi senator Bob Korker:

“Kurash bugun yangicha tus olgan va aniq strategiyaga egamiz. "Islomiy davlat"ning har bir a'zosini yo'q qilish maqsadidamiz. Bunga qodirmiz".

Demokrat senator Robert Menendez:

“Aniq tushunchaga ega bo'ldim. Lekin keskin kurash hali oldinda. Umidga to'lamiz. Lekin qiladigan ishlar hali ancha".

Isroil
Isroil

Hisobotda qayd etilishicha, arab yarimorolida al-Qoida qayta tiklana boshlagan. 2009-yildan beri Eron buning uchun zarur sharoit yaratib bermoqa, deydi rasmiylar, masalan, Janubiy Osiyodan Suriya tomon o'tishda bu mamlakat o'z hududini ochib bergan.

Hizbulloh bugun har tomonlama oyoqqa turib olgan tizim. U butkul Eron tomonidan moliyalanadi, deya bildiradi AQSh hukumati, va global miqyosda faoliyat yuritayotgan guruh.

Eron, shuningdek, o'z xalqini qirish bilan band. Suriya rahbari Bashar al-Assadga homiy, unga harbiy va moliyaviy jihatdan ko'maklashayotgan davlat.

2016-yilda jahon bo'ylab 11 ming terror xuruji yuz bergan. 25600 odam o'lgan.

Halok bo'lganlar 100 mamlakatdan, lekin hujumlar asosan Iroq, Afg'oniston, Hindiston, Pokiston va Filippinda sodir etilgan.

Binafsharang mamlakatlar eng ko'p terror hujumi qilingan davlatlar
Binafsharang mamlakatlar eng ko'p terror hujumi qilingan davlatlar
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG