Breaking News

Tramp tanqidchisini Rossiyaga elchi etib tanladi


Prezident Donald Tramp Rossiyaga yangi elchi etib Jon Xantsmenni tanladi. Xantsmen Obama davrida Xitoyda, undan oldin esa Singapurda elchi bo’lgan. 2012-yilda prezidentlikka ham harakat qilgan edi.

Jon Xantsmen 2012-yilda o’nlab respublikachilar qatorida prezidentlik poygasida qatnashgan. Demokrat prezident qo’lida ishlagani uchun unga ta’na toshlari otilgan.

“Demokrat prezident qo’lida ishlasam nima qilibdi? Ikki o’g’lim dengiz flotida xizmat qiladi. Ular prezident qaysi partiyadan deb so’rayotgani yo’q. Men ham mamlakatim uchun xizmat qilaman”, - degan edi Xantsmen.

Uning hozirgi prezident bilan munosabatlari doim ham tekis bo’lmagan. Donald Tramp Xantsmenni bo’sh elchi deb tanqid qilgan edi. Tramp prezidentlikka nomzod bo’lgach esa Xantsmen avvaliga uni qo’llab-quvvatladi, ammo keyinchalik prezidentlikka noloyiq deb chiqdi.

Tahlilchi Stiven Payferga ko’ra, Jon Xantsmen tashqi siyosatda ancha tajribali, Tramp uni elchilikka tanlab to’g’ri qildi.

“Xantsmen respublikachi partiyadoshlari singari Rossiya bilan bog’liq barcha masalalarga ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Shu bilan birga, ular bilan hamkorlik ham qila oladi”, - deydi Payfer.

Jon Xantsmenning nomzodi Senatda tasdiqdan o’tishi kerak. Tramp va uning komandasi saylov paytida Kreml bilan aloqada bo’lgani haqidagi da’volar tekshirilayotgan bir paytda u, agar ovozdan o’tsa, Moskvaga yo’l oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG