Breaking News

AQSh Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi


AQSh jamoasi hujumchisi Landon Donovan Meksikaga urgan golini nishonlamoqda, 10-sentabr, 2013-yil, Ogayo, AQSh.
AQSh jamoasi hujumchisi Landon Donovan Meksikaga urgan golini nishonlamoqda, 10-sentabr, 2013-yil, Ogayo, AQSh.
Futbol bo’yicha AQSh milliy terma jamoasi azaliy raqibi Meksikani 2:0 hisobida yengib, keyingi yili Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Bu yil AQSh futbolining 100 yilligi nishonlanar ekan, ushbu muvaffaqiyat sport yubileyi uchun katta to’yona bo’lishi aniq.
AQSh jahon chempionatiga chiqdi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00
Yuklab oling

AQShda professional futbol o’yinlari 1913-yilda boshlangan. Mamlakat o’z tarixida olti bor jahon kubogida ishtirok etgan. 1994-yilgi chempionatga mezbonlik qilgan. FIFA reytingida AQSh milliy terma jamoasi hozir 19-o’rinni band etib turibdi. Jamoa o’z tarixidagi eng yaxshi natijaga 1930-yilgi chempionatda erishgan. O’shanda AQSh uchinchi o’rinni qo’lga kiritgan edi.

Ogayo shahrida Meksika ustidan qozonilgan g’alaba hamda Gonduras va Panamaning 2:2 hisobida durang o’ynashi AQShga keyingi yilgi chempionatda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etdi.

Jamoa sardori Klint Dempsi orzularimiz ushaldi, deydi.

“Biz Jahon kubogida ishtirok etishni xohladik va bunga erishdik. Endi Braziliyada yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz”, - deydi u.

Hujumchi Landon Donovan bundan avval ham uch bor jahon chempionatida o’ynagan. Uning aytishicha, Meksika ustidan qozonilgan g’alaba muxlislar uchun o’ziga xos tuhfa bo’ldi.

“Men bu sport turini juda sevaman. 15 yil oldin o’ynagan paytlarim bunday natijaga erisha olmas edik. Ancha o’sganimizdan faxrlanaman. Bundan xursand bo’lishimiz kerak. Chunki bu maxsus g’alaba”, - deydi Donovan.

Jamoa bosh murabbiyi Jurgen Klinsman maqsadga erishish yo’lida barcha futbolchilar ter to’kib ishlaganini aytadi.

“Ular dastlabki daqiqadan jiddiy harakatga kirishdi. O’yin qiyin bo’lishini bilardik. Ko’p narsa shu o’yinga bog’liq edi. Ammo jamoadagi har bir odam bor kuchi bilan o’ynadi. Ular g’alaba uchun juda chanqoq edi. Ularning har biri endi maqtovga sazovor”, - deydi bosh murabbiy.

Klinsman uchun Braziliyadagi musobaqa murabbiy sifatida ishtirok etayotgan ikkinchi jahon chempionati bo’ladi. U avval 2006-yilgi kubokda o’zining vatani Germaniyaga murabbiylik qilib, jamoani uchinchi o’ringacha olib chiqqan edi.

AQSh milliy terma jamoasining keyingi yilgi musobaqadan umidi katta. O’z tarixida jahonning eng kuchli jamoalarini ham mag’lub eta olgan amerikaliklar hozirdan keyingi yil uchun jiddiy tayyorgarlikni boshlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG