Breaking News

Amerika qo'shinlari Afg'onistonni tark etsa, ayollarning holi nima kechadi?


Afg’onistonda ayollar va inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi yetakchi mutaxassislar AQSh qo’shinlarining sentabrgacha mamlakatdan chiqishi natijasida va Tolibonning hokimiyatga qaytishi ehtimoli tufayli so’nggi 20 yilda qo’lga kiritilgan yutuqlar boy berilishidan xavotirda.

Xalqaro hayot - 23-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:15 0:00

AQSh prezidenti askarlarni 11-sentabrgacha olib chiqishni buyurgan.

“Afg’oniston kelajagidan xavotirdaman. Ayollarimiz 20 yil ortga qaytishi mumkin emas. Agar Tolibon Afg’oniston kelajagining bir qismi bo’lishni istasa, muloqot va muzokaralarda qatnashib, murosa qilishga tayyor turishi kerak”, - deydi hirotlik Suhayla Erfani.

Hozir ham oliy ta’lim u yoqda tursin o’rta maktabga qatnash huquqi qizlar va ayollar uchun mamlakat bo’ylab birday ta’minlanmagan, ayniqsa Tolibon nazoratidagi hududlarda.

Tolibon bilan kechayotgan tinchlik muzokaralarida bir necha ayol qatnashayotgan bo’lsa-da, ular ayollarning jarayondagi rolini oshirishni talab qilmoqda.

Afg’onistonning Ayollar ishlari bo’yicha vaziri muovini Hosna Jalilning aytishicha, u ayollar huquqlarini cheklashga qaratilgan har qanday harakatga qarshi turadi.

“Mamlakatda siyosiy vaziyat nozik. Ayollar orasida qarshilik potensiali mavjud. Ayollar vazirligida o’zgarish yo’q. Biz vaziyatni tebratishga qaratilgan harakatlarga eng oxirigacha qarshilik ko’rsatamiz”, - dedi rasmiy.

Fotima G’iloniy Tolibon bilan kechayotgan tinchlik muloqotida hukumat muzokarachilari guruhining a’zosi.

”Afg’oniston xalqi birlashishi kerak. Tinchlik sari olg’a qadam tashlash zarur. Bu nafaqat delegatsiyamiz, balki har bir afg’onning, Tolibon va hukumatning vazifasidir”, - deydi u.

Inson huquqlari faollariga ko’ra, so’nggi olti oyda sodir etilgan zo’ravonliklarda ko’p ayollar nishonga olingan. “Human Rights Watch” tashkiloti xodimi Patritsiya Gossmanning aytishicha, AQSh va boshqa mamlakatlar afg’on hukumatiga moliyaviy yordam orqali o’z so’zini o’tkazishi mumkin.

“Afg’oniston davlati ayni paytda butunlay yoki deyarli butunlay xorijiy moliyaviy yordamga tobe. Pulning katta qismi Amerikadan keladi. Davlat xizmatchilarining maoshi va ehtiyojlari, ko’plab dasturlar, maktablar va hokazo shu pul hisobiga moliyalanadi”, - deydi Gossman.

Boshqa ekspertlar bu fikrga qo’shilarkan, xalqaro hamjamiyatni ayollar huquqlari bobida savdolashishga o’rin yo’qligini Tolibon qulog’iga quyishga chaqirmoqda.

“Tolibonga “ayrim xavfsizlik shartlariga rioya qilsangiz, masalan, xalqaro terrorchilarga boshpana bermasangiz, qolgani bilan ishimiz yo’q” deyish katta xato bo’ladi”, - deydi “Xalqaro Amnistiya” tashkilotidan Daniel Bolson.

Inson huquqlari bo’yicha mutaxassislar ayollarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki urushdan charchagan mamlakatda xavfsizlikni yaxshilaydi degan fikrga qo’shiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG