Breaking News

Respublikachilar uchun Tramp "nozik masala"


"Donald Tramp partiyamizni zaharladi"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

"Donald Tramp partiyamizni zaharladi"

Prezidentlikka respubikachi nomzod Donald Tramp partiyadoshlarining Kongressdagi hukmronlikni saqlab qolishi uchun yordam beradimi yoki zarar qiladimi? Allaqachon zarar qilmoqda, deydiganlar ko’p.

Ellen singari saylovchilar respublikachilarni xavotirga solmoqda.

“Trampni quvvatlab, uning tarafida ekanini bayon etmagan siyosatchilarga men ovoz bermayman”, - deydi u.

Lavozimiga qayta saylanish umidida yurgan respublikachilar bu amerikaliklarning ko’nglini olishga qiynalmoqda.

Tramp yutmasligi Kongressdagi o’nlab o’rinlar boy beriladi degani bilan barobar, deydi konservatorlar. Reytinglarda u orqada.

“Partiyaning Oq uyga nomzodi bor. Unga ovoz bermasangiz, men ham sizga ovoz bermayman”, - deydi Ellen.

Deyvid Jolli, amaldagi kongressmen, Trampni yoqtirmaydi.

“Donald Tramp partiyamizni zaharladi. Uni deb respublikachilar Vakillar Palatasidagi o’rinlarini boy berishi tayin”, - deydi qonunchi.

Jollining raqibi - demokrat Charli Krist. Krist, deydi Jolli, Tramp bilan bir paytlar apoq-chapoq edi.

“Raqibim, demokrat nomzod, Trampning siyosiy va shaxsiy do’sti”, - deydi u.

Krist esa Trampning unga aloqasi yo’qligini aytadi.

“O’tmishda ko’plar menga moliyaviy yordam bergan, jumladan Tramp”, - deydi u.

Krist boshida respublikachi edi, sobiq gubernator.

Demokratlar qay lavozimga ko’z tikkanidan qat’i nazar saylovchilar bilan uchrashuvlarida respublikachilarga tosh otish bilan band. Ovoz uchun kurash maydoni markazida Donald Tramp.

Florida shtatining Kongressdagi a’zosi bo’laman deb yurgan Stefani Merfi raqibi, amaldagi Kongressmen Jon Maykani Trampning yaqin og’aynisi deya tasvirlaydi.

Merfining tumani demokratlar, respublikachilar va mustaqil saylovchilardan iborat. Hozircha targ’ibot samara bermayapti.

“Prezidentlik uchun Trampni, Kongress uchun u bilan yaqin odamni tanlasangiz, demak, vijdonan ish tutmayapsiz”, - deydi Merfi.

Jon Maykaning tarafdorlari esa Tramp deb hammani qoralamang, deydi.

“Maykaning ishiga qarab baho bering. U Trampni yoqlayotgan bo’lishi mumkin, lekin uni qo’rqmay tanqid ham qiladi”, - deydi Nik Primrouz.

Maykaning e’tibori Floridadagi muammolarda, prezidentlikka nomzodlar o’zi uchun javob beradi.

“Mening kongressmenim men va biz uchun xizmat qiladi. U Floridani qiynayotgan masalalarga yechim qidiradi”, - deydi suhbatdosh.

Amerikaning qay burchagiga bormang, odamlar saylov va nomzodlar haqida hayajon bilan gaplashayotganini ko’rasiz. Saylovchilar o’z qudratini biladi. Ovoz berib, o’zgarish qilish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG