Breaking News

AQShning G’azo bo’yicha rezolyutsiyasiga uchinchi vetosi


AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild
AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild

Arab davlatlari BMT Xavfsizlik Kengashida G’azoda sulhga da’vat etuvchi rezolyutsiya loyihasiga AQSh yana veto qo’yganidan norozilik bildirdi. Bu Isroil G’azoda harbiy harakatlar boshlaganidan beri AQShning uchinchi vetosi.

Xalqaro hayot - 21-fevral, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:22 0:00

Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansur Vashington qadamini mas’uliyatsiz va xavfli deb atadi.

“Isroil eng dahshatli jinoyatlar sodir etayotganiga hamda qahrini millionlab begunoh tinch falastinliklarga sochayotganiga qaramay, AQSh uni himoya qilmoqda. Isroilni veto bilan himoya qilish kerak emas. Kengash zudlik bilan qaror chiqarib, falastinlik bolalar, ayollar va erkaklarni himoya qilishi lozim”, - dedi elchi.

AQSh o’z rezolyutsiya loyihasini taklif etarkan, Isroil va XAMAS mahbus almashganidan so’ng sulh o’rniga urushda salkam olti haftalik tanaffusga da’vat etmoqda. Ushbu hujjat Misr va Qatar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Loyihada XAMASning 7-oktabrdagi hujumlari qoralanadi, XAMAS kelajakda G’azo boshqaruviga aralashmasligi kerakligiga urg’u beriladi.

“Biz taklif etayotgan rezolyutsiya loyihasi G’azo Sektori hududining qisqartirilishiga hamda aholining sektordan siqib chiqarilishiga qarshi. U, shuningdek, kengashga a’zo ko’p davlatlarning Rafahga doir xavotirlarini aks ettiradi. Bunday sharoitda Rafahga qo’shin kiritish mumkin emas”, - dedi AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild.

Ba’zilar AQSh taklif etayotgan hujjatni falastinliklar azob-uqubatlarini uzaytirishga qaratilgan diplomatik hiyla deya ko’rmoqda. XAMAS garovga olgan barcha odamlar Ramazon oyigacha, ya’ni 10-martgacha ozod etilmasa, Isroil Rafahga qo’shin kiritishi haqida ogohlantirmoqda.

"Har kuni tahdidlar va bayonotlar. Qayerga borishni bilmayapmiz”, - deydi Rafahdagi g’azoliklardan biri.

Bir tahlilchi fikricha, AQSh taklif etayotgan rezolyutsiya loyihasi Vashingtonning Isroil siyosatiga nisbatan pozitsiyasi qat’iylashayotganini ko’rsatadi.

“AQSh matnida ilk bor Isroilning G’azodagi kampaniyasi va G’arbiy Sohildagi siyosatiga nisbatan ancha qattiq va ochiq tanqid yangramoqda. Nazarimda, Bayden ma’muriyati bu bilan Isroilni BMTda himoya qilishda davom etishiga ishora qilgan holda sabri cheksiz emasligini ko’rsatmoqchi”, - deydi Xalqaro inqirozlar guruhidan Richard Govan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu xalqaro bosimga bo’yin egmasligini aytib keladi. Shu hafta uning urush mahkamasi Prezident Baydenning katta maslahatchisi Bret Makgurk bilan ko’rishadi. Makgurk uni mahbus almashishga va Rafahga qo’shin kiritmaslikka ko’ndirishga harakat qiladi.

Bu o’rtada bugun Isroilning G’azodagi Dayral Balah shahriga hujumida kamida olti falastinlik o’lgan. Guvohlardan biri bitta mashinaga ikkita raketa tekkanini aytadi.

Urush boshidan beri Isroil hujumlarida o’lgan falastinliklar soni 30 mingga yaqinlashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG