Breaking News

Toshkentdan Londongacha: Olimpiyachi hikoyasi


Varvara chapaqay. Bosim, shiddat bilan o’ynaydi. Raqibning siquviga qaramasdan xayolini bir joyga to’plab, chalg’imasdan maqsad sari harakat qiladi.
Varvara chapaqay. Bosim, shiddat bilan o’ynaydi. Raqibning siquviga qaramasdan xayolini bir joyga to’plab, chalg’imasdan maqsad sari harakat qiladi.
Londonda yozgi Olimpiya o’yinlari boshlandi. 10 mingdan ziyod sportchi birinchilik uchun bellashmoqda.

26 yo’nalish bo’yicha bellashuvlar 12-avgustga qadar davom etadi. AQSh Tennis jamoasi safida Vinus va Serena Vilyams kabi gigantlar qatorida bu yil O’zbekistonda tug’ilib o’sgan Varvara Lepchenko ham bor.


Olimpiya musobaqalarining ochilish marosimidan uch soat oldin 26 yoshli Varvara Lepchenko bilan suhbatda bo’ldik.

U 1986-yilda Toshkentning Yunusobod tumanida tug’ilgan. Tennis ixlosmandi, otasi – uning ilhom manbai.

"15 yoshimda oilam bilan Amerikaga ko’chib ketganmiz. Hozir faqat buvim bilan bobom O’zbekistonda. Bari men uchun hayajonda. Odam yaqin kishisini o’ylab, xavotirlanishi tabiiy”.

Varvara chapaqay. Bosim, shiddat bilan o’ynaydi. Raqibning siquviga qaramasdan xayolini bir joyga to’plab, chalg’imasdan maqsad sari harakat qiladi.

“Londonda shunaqa bir ajoyib shodlik shukuhi kezmoqda. Olimpiya o’yinlari sababli hammaning yuzida tabassum. Sportchilar bir-biriga juda mehribon, do’stona munosabatda. Hamma xursand”, - deydi u.

“Bilasizmi, Toshkentda yashab yurganimda bir kun kelib Amerikaga boraman, bu davlat sharafini himoya qilaman deb o’ylamagan edim. Kelajakda Serena va Vinus Vilyams kabi yulduzlar bilan bir jamoada mashq qilib, birga vaqt o’tkazaman, deb xayolimga keltirmagan edim. Lekin vaqt o’tgani sari o’rganib borasiz, bir jamoa bo’lib ishlashga o’rganasiz”, - deydi Varvara Lepchenko.

Uning komandasida, shuningdek, Kristina Makxeyl, Lizel Xuber, Liza Rymond, Vinus va Serena Vilyamslar bor.

Varvara o’tgan yili Amerika fuqaroligini oldi. Oxirgi bir yilda AQSh va Fransiyadagi yirik musobaqalarda muvaffaqiyat qozonib, tanildi.

“Toshkentda sharoit og’ir. Chunki bizda turnirlar ko’p emas, tennis kortlarida shug’ullanish imkoni cheklangan, moliya ham muammo. Amerikada esa bular har yerda bor. Homiylarsiz ham, oddiy do’stlar qo’llab-quvvatlovida shug’ullanish mumkin. Ijara haqini to’lash uchun otam avvaliga bolalarga dars berib yurdi. Keyin shaharma-shahar bir o’zim yurmasligim uchun musobaqalarga men bilan qatnay boshladi. Mashinada qolib, tunash kerak bo’lgan kunlar bo’ldi".

"Kichik turnirlardan boshlagan paytlarimda oddiy oilalar bizga eshiklarini ochib berdi, yegulik, tunash haqida o’ylashimiz kerak emasdi. Musobaqalarda nonushta, tushlik va kechki ovqat ta’minlab berilgani katta yordam edi. Yillar o’tgan sari ahvolimiz yaxshilanib, mana bu yil nihoyat omad kulib boqdi”, - deydi Varvara.

Fuqarolik masalasiga kelganda u har bir odam o’zi uchun, to’kis hayot uchun kurashadi, deydi.

O’zbekiston fuqaroligidan kechibdi, bu xoinlik emasmi, degan tanqidlarga javoban u:


"O’zbekistonda qulay, mukammal sharoit yo’q edi. Oylik kam. O’shanda Tennis federatsiyasi ham bizga yordam bergisi kelmadi, o’sishimga imkon bermadi. Amerikada esa odamlar meni qo’llab-quvvatlab, shu qadar yordam berdiki, ularning oldida qarzdorman, bu mamlakat nomini himoya qilib chiqishni burch deb bilaman”, - deydi sportchi.



U orzuga ishonish kerak deydi.

“Biror bir maqsadga erishishni astoydil xohlasa, odam unga yetaklovchi yo’llarni topadi. Necha yil, qancha mashaqqat, mehnat talab qilishidan qat’iy nazar ishonishda davom eting. Maqsadga olib boruvchi yo’llarni qidirib, qattiq ishlang”.

Yozni, dam olishni qanday o’tkazasiz, degan savolga suhbatdosh:

“Juda ko’p ishlayman. Dam olish kunlarim yo’q hisob. Har kuni bir necha soatlab mashq qilish kerak. Uydaligimda ertalab 9 yarimdan kechki 6 yarimgacha trenirovkadaman. Keyin esa turnirlarga jo’nayman. Hozir hayotimda shunday bir pallaki, juda qattiq ishlashim kerak. Katta musobaqalarda erishayotgan natijalarim, yutuqlarimdan juda xursandman”, - deydi Varvara.

“O’zbekistonda kim tinglayotgan bo’lsa, hammaga London va Amerikadan salom! Hammaga omad!”
XS
SM
MD
LG