Breaking News

Obidxon qori tarafdorlari Shvetsiya, Turkiyada namoyish o’tkazdi


Siyosiy bosim sabab O’zbekistondan chiqib ketgan faollar Shvetsiyada uch yil burun otib ketilgan imom Obidxon qori Nazarov masalasiga oydinlik kiritishni talab qilib namoyish o'tkazgan.

Obidxon qori tarafdorlari Shvetsiya, Turkiyada namoyish o’tkazdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00

Piket ishtirokchilari jinoyatchilar jazolanishini, qochqinlar xavfsizligi ta’minlanishini, shuningdek, O’zbekiston bilan diniy erkinlik bo’yicha rasmiy muzokaralar yuritishni talab qilmoqda.

Norozilik aksiyalari nafaqat Shvetsiya balki Turkiyada ham o’tgan. Shved parlamenti qarshisidagi namoyishda taniqli imomning 20 ga yaqin tarafdorlari, Istanbuldagi elchixona oldidagi chiqishda esa 100 dan oshiq odam qatnashgan.

Obidxon Nazarovni o'qqa olgan odam hamon ozodlikda. Bu jinoyat ortida kim turgani fosh etilmagan.

Stokgolmdagi aksiya tashkilotchilaridan biri Abdulaziz:

“Nima uchun shved hukumati o’zi siyosiy boshpana bergan odamning xavfsizligini ta’minlay olmadi? Buning uchun kim javobgar, bizga buni javobini bersin. Nima uchun Shvetsiya xavfsizlik xizmati imomni mavqeidan kelib chiqib, mahalliy politsiyaga uning xavfsizligini ta’minlsh lozimligi haqida zarur ko’rsatmalar bermadi? Qori akaning suiqasdi bo’yicha tergov ishlarini tezlashtirish lozim. Shved hukumatiga topshirayotgan talabnomamizda diniy mahbuslarni qamoqdan ozod qilish, qiynoqlarni butunlay to’xtatish bo’yicha O’zbekiston hukumati bilan muzokaralar yuritish ham kiritilgan".

Obidxon qori Nazarov uch yil avval Stromsund shaharchasida otib ketilgan edi. Uzoq vaqt koma holatida yotgan Obidxon Nazarovning salomatligi yaqindan boshlab biroz tiklangan.

Bu ish yuzasidan Shvetsiya o’tkazgan tergov-surishtiruv Rossiya fuqaroligiga ega Yuriy Jukovskiy tomonidan amalga oshirilgan siyosiy buyurtma degan xulosaga keldi. Shetsiyada yashab kelgan o’zbekistonlik er-xotinlar Jukovskiyga yordam berganlik gumoni bilan hibsga olingan.

Jukovskiy Rossiyaga qochib ketgan, deydi tergovchilar. Hibsga olingan juftlik esa dalil-ashyolar yetarli bo’lmagani bois sud zalidan ozod qilindi.

Obidxon qori Nazarov O’zbekiston hukumati buyurtmasiga ko’ra nishonga olingan deya taxmin qilinadi. O’zbekiston Nazarovni diniy ekstremizm va Toshkentda sodir etilgan portlashlarga aloqadorlikda ayblab keladi.

Stokgolmdagi piket ishtirokchilar nazarida Karimov rahbariyati uni tanqid qilgan diniy yetakchilarni yo'q qilishga ahd qilgan va buni isbotlab turibdi.

“[Turkiyada] Abdulla Buxoriyga uyushtirilgan suiqasd O’zbekiston hukumati qilmishlariga yana bir misol... Bu ishlar davom etayotgani, bunga jiddiy qarash lozimligi, shved hukumati bu narsa siyosiy darajada ekanligini tushunib yetishi lozimligi talablari bilan chiqayapmiz”, - deydi Abdulaziz.

Radikal qarashlari bilan tanilgan Abdulla Buxoriy o’tgan dekabr oyida Istanbulda otib ketilgan edi.

Stokgolm, 20-fevral, 2015
Stokgolm, 20-fevral, 2015

Stokgolm, 20-fevral, 2015
Stokgolm, 20-fevral, 2015

Stokgolm, 20-fevral, 2015
Stokgolm, 20-fevral, 2015

Uzbeks in Sweden
Uzbeks in Sweden

Stokgolm, 20-fevral, 2015
Stokgolm, 20-fevral, 2015

Stokgolm, 20-fevral, 2015
Stokgolm, 20-fevral, 2015

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG