Breaking News

Usmon Baratov: Rossiyada ishlashni osonlashtirish - O'zbekiston rahbari uchun asosiy vazifa!


Usmon Baratov, "Vatandosh" birlashmasi rahbari, prezidentlikka muqobil nomzod

O’zbekistonda 29-martda kutilayotgan prezident saylovlariga muqobil ravishda virtual tanlov o’tkazilmoqda. Xorijdagi muxolifatchilar tashabbusi bilan tashkil etilgan komissiya ro’yxatga olgan nomzodlardan biri Rossiyada vatandoshlar manfaati uchun 1990-yildan beri kurashib kelayotgan faol Usmon Baratovdir.

Sovet ittifoqi parchalanmasdan oldinoq Moskvada jamoatchilik tashkilotini tuzgan Baratov nazarida federatsiyada yurgan o’zbeklar taqdiri, migrant ishchilar yuzlashayotgan muammolarga ko’z yumish vijdonsizlikdir. O’zbekiston hukumati o’z fuqarolarini himoya qilishi shart, deydi u.

Virtual saylov komissiyasi mezoniga ko’ra, nomzod bo’laman degan odam O’zbekiston fuqarosi bo’lishi shart emas. Muhimi, u shu yurtda tug’ilgan bo’lsin va o’zbek tilini yaxshi bilsin. Siyosiy yoki boshqa sabab bilan vatanini tark etishga majbur bo’lgan, biroq dunyoning qayerida bo’lmasin, O’zbekiston dardi bilan yashayotgan, siyosiy jihatdan faol va odamlar ishonchini qozongan shaxs bo’lsin.

Qishloq xo’jaligi bo’yicha mutaxassis va yurist Usmon Baratov qariyb 35 yildan beri Rossiyada yashaydi. SSSR pasportini Rossiya pasportiga almashtirgan, ya’ni mustaqil O’zbekiston fuqarosi emas va hech qachon bo’lmagan.

Biroq, deydi Usmon Baratov, “men uchun vatandoshlar dardidan og’irroq muammo yo’q.” U asos solgan “Vatandosh” o'zbek birlashmasi o’z faoliyatining ilk yillarida madaniyat va ta’limga e’tibor bergan.

Bugun esa butun diqqati migrantlarni himoya qilishda. Baratovning tasvirlashicha, “Vatandosh” hozirda Rossiya fuqaro jamiyatining bir qismiga aylangan. Huquq tashkilotlari, ijtimoiy-siyosiy erkinliklar yo’lida kurashuvchi muassasalar bilan hamkorlikda ishlaydi.

Virtual saylov komissiyasi 12 nomzodni ro'yxatga olgan. Amaldagi rahbar Islom Karimov ular qatorida emas, chunki qayta saylanishga haqqi yo'q
Virtual saylov komissiyasi 12 nomzodni ro'yxatga olgan. Amaldagi rahbar Islom Karimov ular qatorida emas, chunki qayta saylanishga haqqi yo'q

"Vatandosh" - 2013-yilda tuzilgan Ksenofobiya va natsizmda qarshi qo’mita a’zosi. Rossiya bo’ylab o’zbeklarga nisbatan kuzatiladigan jinoyatlarni hukumatning eng yuqori pog’onalariga yetkazib, muammolarga keng ko’lamli yechim izlash kerak, deydi Baratov.

O’zbeklar etnik jihatdan Rossiyadagi eng yirik migrant guruh, deydi u, soni o’zgarib turadi lekin hamisha eng kattasi.

Rossiyani Ukrainaga qarshi agressiyada ayblab G’arb tomonidan Kremlga qarshi qo’yilgan sanksiyalar natijasida iqtisod ulkan zarar ko’rdi. Yuz minglab migrantlar vatanga qaytib ketdi va qaytmoqda, deydi Baratov. Sonini aniq bilish qiyin, deydi u, lekin vaziyat tobora og’ir ekani oydek ravshan.

Moskva, 2013
Moskva, 2013

Islom Karimov, Usmon Baratov fikricha, xalqdan juda uzoq, uning dardini bilmaydi.

Kreml Yevrosiyo ittifoqini tuzib, o’z strategik arqonini uzaytirishga, siyosiy ta’sirini kuchaytirishga, atrofidagi kichik davlatlarni o’ziga bo’ysundirishga urinmoqda degan xavotirlar Usmon Baratov nazarida konkret muammolarni hal etishdan qochishdir. Davlat borki, o’z manfaatini ko’zlaydi, hamkorlikdan qo’rqmaslik kerak, deydi u, til topishish kerak, murosa qilish lozim, axir gap xalq kelajagi xusisida ketmoqda. Baratov fikricha, respublika Yevrosiyo ittifoqiga kirishi kerak.

Faol bilan muloqotimizni tinglang:

Rossiyadagi migrantlar taqdiri - O'zbekiston - Usmon Baratov bilan suhbat - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:11 0:00
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy and The National Interest. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Izohlarni o'qing (4)

XS
SM
MD
LG