Breaking News
Din

Rim Papasi dinlararo muloqotni yaxshilamoqchi


Rim Papasi Frensis Konstantinopol patriarxi Varfolomey I bilan uchrashmoqda, 20-mart, 2013-yil.
Rim Papasi Frensis Konstantinopol patriarxi Varfolomey I bilan uchrashmoqda, 20-mart, 2013-yil.
Argentinalik Xorxe Mario Bergolioning yangi Rim papasi etib saylanishi nafaqat katolik olamida, balki yahudiy, musulmon va boshqa nasoro mazhablari orasida ham iliq kutib olindi. Mutaxassislar yangi rahnamo davrida dinlararo aloqalar yaxshilanishiga umid qilmoqda.

Vatikan va dunyo dinlari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00
Yuklab oling

Tarixan, Vatikanning boshqa dinlar bilan aloqasi yaxshi bo’lmagan. Papa Benedikt davrida munosabatlar yanada yomonlashdi. Uning 2011-yil XIV asrda yashagan Vizantiya imperatoridan iqtibos keltirib, payg’ambar Muhammadni noinsoniy va yovuz amallarda ayblagani Islom dunyosini g’azablantirgan edi.

Shimoliy Amerika imomlar federatsiyasi bosh kotibi Omar Shahin shuni esga oladi.

“Bu gaplar yaxshilik alomati emasdi. Shu nutqdan keyin odamlar dinlararo muloqotni butunlay to’xtatib qo’yishdi”, - deydi u.

Benedikt keyinroq bu gapi uchun uzr so’radi. Shahinga ko’ra, Papa Frensis ishini Misrdagi mashhur Al-Azhar oliy islom o’quv yurtiga tashrif buyurishdan boshlashi kerak. Misr 2011-yilda Vatikan bilan aloqalarni rasman uzgan edi.

“Muloqotni qayta boshlash uchun hozir ayni muddao. Nasoro va islom olami o’rtasida yana munosabatlarni tiklash kerak”, - deydi musulmon faoli.

Xolokostni inkor etgan bir nasoro rohibini himoya qilgani uchun Benedikt yahudiylarning ham keskin tanqidiga uchragan edi.

Yangi Rim papasi kardinallik paytida Argentinadagi yahudiy peshvolari bilan iliq munosabatga ega bo’lgan. Uning 1994-yil Buenos-Ayresda hujumga uchragan yahudiylar sinagogasini himoya qilib chiqqani tahsinga loyiq, deydi amerikalik yahudiylar peshvosi Deyvid Sapersteyn.

“U portlashni qoralab chiqqan, yahudiylar jamiyatiga chuqur hamdardlik bildirgan sanoqli diniy rahnamolardan biri edi. Buni biz qattiq qadrlaymiz”, - deydi dindor.

Boshqa mazhabdagi nasorolar ham sobiq pontifikdan norozi. Benedikt ularni haqiqiy xristian emas, deb atagan edi. Frensis davrida katolik va boshqa xristian jamiyatlari o’rtasidagi munosabatlar ham iliqlashishi kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG