Vyetnam Trampni savdoda sinab ko'rmoqchi

  • Amerika Ovozi

Vyetnam fabrikalarida

Prezident Donald Tramp Barak Obama rahbarligi davrida kelishilgan xalqaro savdo bitimidan voz kechib, o'rniga har bir davlat bilan alohida tijoriy hamkorlikni yo'lga qo'yishga ahd qilgan.

Tinch okeani bo'yidagi 12 mamlakat Obama tashabbusi bilan bir iqtisodiy zona tuzishga bel bog'lagan edi. Lekin Tramp hokimiyatga kelishi bilan bu kelishuv chetga surilgan.

Vyetnam endi Oq uyni sinab ko'rmoqchi. Bu davlat Bosh vaziri Nguyen Zuan Puk Vashingtonga tashrif buyurib, Prezident Tramp bilan muzokara qilmoqchi.

Vyetnamda to'qimachilik sanoati rivojlangan. Ishlab chiqarish keng. 200 milliard dollarlik iqtisodning 20 foizi eksportga to'g'ri keladi.

Trampga ko'ra esa savdo bitimlari hozircha eng dolzarb masala emas. Tahlilchilar ta'biricha, Oq uy bu borada shoshmay harakat qiladi.

Nguyen deydiki, Amerika kompaniyalari Vyetnamdagi bizneslarini kengaytirishni istaydi va imtiyozlar so'rab keladi. Oziq-ovqat, mobil texnologiya, sug'urta va boshqa mahsulotlar taklif qiluvchi korporatsiyalar haqida gap ketmoqda.

Vyetnam fabrikalarida
Vyetnam fabrikalarida

2020-yilgacha Vyetnamda aholining uchdan biri o'rta sinfga kiradi. Hozirda bu mamlakatda taxminan 93 million odam yashaydi.

Mintaqaviy ekspert Rahul Bajoria:

"Vyetnamda xaridor qudrati oshib bormoqda. Amerika tovarlariga talab kuchli".

Aviasanoat va temiryo'l mahsulotlarining bozori chaqqon.

AQSh Vyetnamdan eng ko'p eksport qiladigan davlat. 38 milliard dollarga teng. Vyetnam esa Amerikadan atigi 8,7 milliard dollarga teng tovar import qiladi.

Bu yil boshida import miqdori qariyb 15 foizga o'sgan. Amerikaning "Apple", "Dell" va "Starbucks" kompaniyalari Vyetnamda filiallarini ko'paytirgan.

"Aholi sifatli mahsulot istaydi. Xaridor qimmatroq bo'lsa ham sifatliroq mahsulot olishni xohlaydi", - deydi Vyetnamda ishlaydigan iqtisodiy tahlilchi Voislav Milenkovich.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe ham Amerika bilan yangi savdo bitimi ustida ishlashga tayyor.

Osiyo davlatlari Xitoy dunyoning bu qismida eng qudratli kuch ekanini biladi. Iqtisodiy jihatdan jahonning eng baquvvat mamlakati bo'lmish AQSh bilan hamkorlikni kuchaytirish har tomonlama foyda, deydi ekspertlar.

Prezident Tramp savdo bitimlarini yangilashni Xitoydan boshlashi kutilmoqda. Ikki eng yirik sherik va raqobatchi kelishib olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG