Breaking News

AQSh Si-Putin muloqoti Ukrainada tinchlikka yetaklashiga ishonmaydi


Xitoy Prezidenti Si Zinpin Rossiyaga uch kunlik davlat tashrifini yakunlab vataniga qaytib ketdi. Oq uy Sining Prezident Putin bilan uchrashuvi Ukrainadagi urushga chek qo’yishda yordam berishiga shubha bilan qaramoqda.

Xalqaro hayot - 22-mart, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:41 0:00

“BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari sifatida Xitoy va Rossiya xalqaro hamjamiyat bilan BMT Nizomi maqsadi va tamoyillari asosida xalqaro munosabatlarning asosiy mezonlarini himoya qilishda davom etadi”, - dedi Xitoy rahbari.

Si Ukrainadagi mojaroga diplomatik yo’l bilan barham berishga chaqirdi.

"Xitoy taklif etgan tinchlik rejasining ko’p bandlari Rossiya yondashuvi bilan mos bo’lib, Kiyev va G’arb tayyor bo’lganida tinchlik kelishuviga erishishda asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ammo hozircha ular tomonidan tayyorgarlikni ko’rmayapmiz”, - dedi Putin.

Oq uy Rossiya prezidenti da’vosini rad etdi.

“Ularning aytgan gaplari, bergan takliflaridan urushni yaqin orada yakunlashga umid beruvchi biror narsa ko’rmadik”, - deydi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi so’zlovchisi Jon Kirbi.

AQSh nazarida, Xitoy taklif etayotgan sulh Rossiyaning Ukrainada erishilgan yutuqlarini muhrlashga qaratilgan.

Putin-Si uchrashuvida sulh bo’yicha muzokara o’tkazish taklifi yangramadi. Kirbining aytishicha, Prezident Vladimir Zelenskiy Xitoy vositachiligidagi muzokaralar davomiy tinchlikka erishishiga ko’zi yetsagina AQSh muloqotni qo’llab-quvvatlaydi. Ukraina rahbarining Rossiya bosib olgan hududlardan voz kechish niyati yo’q.

“Ruslar bu hududlarni qaytarish shartiga ko’nishidan shubham bor. Ular bunday ehtimolni muzokara uchun boshlang’ich nuqta sifatida ko’rmasligini bildirib o’tishgan”, - deydi vashingtonlik tahlilchi Jorj Bib.

Seshanba kuni Zelenskiy Fumio Kishida bilan ko’rishdi. Yaponiya bosh vaziri “Katta Yettilik”ka a’zo davlatlar rahbarlari orasida Kiyevga eng so’nggilardan bordi.

“Yaponiyaning qudrati, uning Osiyoda tinchlikni va xalqaro tartibga asoslangan qoidalarni muhofaza qilishga qaratilgan liderligi hamda “Katta Yettilik” raisi sifatidagi mas’uliyatini hisobga olganda bugungi muzokaralar olamshumul natija beradi”, - dedi Zelenskiy.

Xitoy rahbari Putin bilan uchrashuvdan so’ng Zelenskiyga qo’ng’iroq qilishi kutilgan. Zelenskiy Sini Kiyevga taklif etganini bildirdi, biroq Pekindan hozircha javob olinmagan.

Ukraina rahbari chorshanba janglar kechayotgan Donetsk viloyatida ukrain askarlari bilan ko’rishib, mukofotlar tarqatdi. Rossiya esa tunda Ukraina hududlarini dronlar bilan nishonga oldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG