Breaking News

Xitoy bayonotlarida aksil AQSh ohang kuchaymoqda


Xitoy Milliy xalq qurultoyining yalpi majlisida uchinchi besh yillik prezidentlik muddatiga saylangan Xitoy rahbari Si Zinpin AQShni Xitoy siyosatini cheklash, mamlakatni xalqaga olish va taraqqiyotiga g’ov bo’lish harakatlarida aybladi. Tashqi ishlar vaziri Tsin Gan ham AQSh siyosatini tanqid qildi.

Xalqaro hayot - 10-mart, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:49 0:00

"Agar Qo’shma Shtatlar tormozni bosmay, xato yo’ldan gazni bosib ketishda davom etsa, hech qanday to’siqlar halokatning oldini ololmaydi va albatta mojaro va to’qnashuv yuzaga keladi”, - dedi u seshanba kungi matbuot anjumanida.

Bayden ma’muriyati Xitoy bilan raqobatning mojaroga aylanishi tarafdori emasligini va buning oldini olishga harakat qilayotganini ta’kidlab keladi.

"Biz dunyo bo’ylab hech bir mamlakat, jumladan Xitoy taraqqiyotini ham to’xtatib qolmoqchi emasmiz. Gap qoidalarga asoslangan tartibga rioya qilish haqida. Xitoy va boshqa mamlakatlar shunga rozi bo’lgan”, - deydi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Ned Prays.

Ayrim mutaxassislar Xitoydan taralayotgan noodatiy bayonotlardan taajjubda ekanini aytadi.

"Si Zinpin va tashqi ishlar vaziridan kelayotgan bunday bayonotlar bizni ancha hayratga soldi, chunki odatda Xitoy rahbarlari AQSh haqida gapirganida bu kabi keskin so’zlashmaydi. Ular bu kabi fikrlarini o’zaro muhokama qilishi mumkin, biroq gapirganda odatda ehtiyotkor bo’lishadi”, - deydi Vashingtondagi Amerika tadbirkorlik institutidan Maykl Mezza.

Yana bir mutaxassis fikricha, Pekin va Vashington bir-birini o’ziga tahdid deb bilgani uchun ham murosaga kelolmaydi.

"Xitoy AQShga “siz bilan yaxshi aloqada bo’lishga tayyormiz, agar bizni jilovlashga harakat qilmasangiz” deydi. AQSh esa Xitoyga “siz bilan yaxshi aloqa qilishga tayyormiz, agar milliy xavfsizligimizga tahdid solmasangiz” deydi. AQSh Xitoyni milliy xavfsizligiga tahdid deb biladi, Xitoy esa AQSh uni jilovlashga harakat qilishini aytadi”, - deydi xavfni o’rganuvchi RANE tashkilotidan Cheyz Bleyzek.

Payshanba kuni Vakillar palatasidagi tinglovda respublikachi qonunchi Avgust Pflyuger AQSh Xitoy xalqi bilan emas, balki Kommunistik partiyasi bilan chiqisha olmasligini aytdi.

"AQSh yillar davomida Xitoy Xalq Respublikasi bilan samarali, adolatli va halol aloqalarni o’rnatishga harakat qilishiga qaramay, Amerikaga insofsizlik va tajovuzkorlik bilan yondashishdi. Kommunistik partiya boshqaruvidagi hukumat har imkon tug’ilganda vatanimiz ketidan josuslik qildi, qonun-qoidalarga asoslangan global tartibni izdan chiqarishga harakat qildi”, - dedi kongressmen.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG