Breaking News

Olimpiada yakunlandi, Shimoliy Koreya AQSh bilan muloqotga tayyor

Shimoliy Koreya delegatsiyasi Qishki Olimpiya o'yinlari yopilish marosimida, 25-fevral, 2018-yil.
Shimoliy Koreya delegatsiyasi Qishki Olimpiya o'yinlari yopilish marosimida, 25-fevral, 2018-yil.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o'tgan Qishki olimpiadani "yangi ufq o'yinlari" deb atadi va 25-fevral kuni uning yopilganini rasman e'lon qildi.

Qo'mita prezidenti Tomas Bax Janubiy va Shimoliy Koreya davlatlarining ochilish marosimida birga chiqqanini olqishladi.

"Siz bugungi mo'rt dunyomizda sport odamlarni qanday birlashtirishini ko'rsatdingiz; sport qanday ko'prik qurishini namoyon qildingiz", - dedi u.

Yopilish marosimida Bax Olimpiya bayrog'ini Pekin meriga topshirdi. 2022-yilgi Qishki olimpiada Xitoy poytaxtida bo'ladi. 2008-yilgi Yozgi olimpiadaga ham Pekin mezbonlik qilgan edi.

AQSh Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp yopilish marosimida qatnashdi. U Janubiy Koreya Prezidenti Mun Jey In va Shimoliy Koreya Ishchilar partiyasi markaziy qo'mitasi rahbari o'rinbosari Kim Yon Chol bilan bir qatorda o'tirdi.

Ayni paytda Olimpiadaning so'nggi kunida Shimoliy Koreya delegatsiyasi Vashington bilan tinchlik muzokaralariga tayyorligini ma'lum qildi.

"Qulay vaqt bo'lishi bilan Shimoliy Koreya va AQSh o'rtasida konstruktiv muloqot boshlanishidan umidvormiz", - dedi Janubiy Koreyaning Birlashish vazirligi so'zlovchisi Bayk Ta-Xyun.

Pxenyan va Vashington muzokaralari qanchalik jiddiy tus olishi noma'lum. AQSh Shimoliy Koreya bilan muloqotga kirishish va sanksiyalarni yumshatish uchun orol davlat yadro dasturidan voz kechishi kerakligini ta'kidlab keladi.

Qishki Olimpiya o'yinlarining yopilish marosimi

Yopilish marosimidagi mushakbozlik
1/18 Yopilish marosimidagi mushakbozlik
Olimpiya bayrog'i tushirilmoqda.
2/18 Olimpiya bayrog'i tushirilmoqda.
Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
3/18 Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
4/18 ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
Qishki olimpiada yopilish marosimida ishtirokchi davlatlar vakillari bayroqlarini ko'tarib chiqmoqda.
5/18 Qishki olimpiada yopilish marosimida ishtirokchi davlatlar vakillari bayroqlarini ko'tarib chiqmoqda.
AQSh Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp (markazda) ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida qatnashdi.
6/18 AQSh Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp (markazda) ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida qatnashdi.
​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
7/18 ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida qatnashgan 13 yoshli gitarachi
8/18 ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida qatnashgan 13 yoshli gitarachi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Olimpiada bayrog'ini Janubiy Koreyadan qabul qilib olmoqda.
9/18 Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Olimpiada bayrog'ini Janubiy Koreyadan qabul qilib olmoqda.
AQSh sportchilari ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
10/18 AQSh sportchilari ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
11/18 ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
12/18 ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
Kanadalik sportchilar ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
13/18 Kanadalik sportchilar ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
Afrikalik sportchilar ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
14/18 Afrikalik sportchilar ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
Janubiy va Shimoliy Koreya sportchilari ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
15/18 Janubiy va Shimoliy Koreya sportchilari ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
16/18 ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
Finlyandiyalik sportchilar ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
17/18 Finlyandiyalik sportchilar ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimida
​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
18/18 ​Qishki olimpiadaning yopilish marosimi
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG