Breaking News

Muhim voqealar fotogalereyasi


Yana bir yil tarixga aylandi. Yangi yil esa ostonada turibdi. O'tgan o'n ikki oy kim uchundir barakali, kim uchundir esa nadomatli fursat bo'ldi, deyish mumkin. Jahon siyosat sahnasida ham shunday: Qonli va shonli hodisalarga boy bir davr.

Barak Obama joriy yilda ikkinchi muddatga AQSh prezidenti etib saylandi. Vladimir Putin ham yana bir bor Rossiya davlat rahbari kursisini egalladi. Fransiyada esa prezident Nikolas Sarkozi ikkinchi muddat uchun o'tgan saylovda imkoniyatni boy berdi. Misr tarixida o'tgan ilk demokratik saylovlarda uzoq yillar tazyiq ostida yashirin ish olib borgan "Musulmon birodarlar" diniy guruhi yetakchisi Muhammad Mursiyning prezidentlikni qo'lga kiritgani ham yilning katta voqeasi bo'ldi. Suriyaning qonli fuqarolar urushi esa keyingi yilda ham davom etishi aniq bo'lib turibdi.

2012-yil sport olamida ham bir necha muhim voqealar ro'y berdi. London olimpiadasi sport solnomasini zarhal harflar bilan bezagan bo'lsa, "UEFA" kubogi uchun kechgan futbol musobaqalari ishqibozlar yuragini uzoq larzaga soldi.

2012-yil 21-dekabr dunyoning so'nggi kuni bo'lishi haqidagi mish-mishlar ko'pchilikni bezovta qildi. Kimdir bundan mo'maygina daromad qilish yo'lini ham topdi.

Yil oxirida AQShdagi maktablardan birida sodir bo'lgan qonli fojeada 20 nafar bolakayning halok bo'lgani ham AQSh va dunyo tarixidagi eng dahshatli voqealardan biri sifatida hali uzoq eslanadi. Liviyada AQSh elchisi Kristofer Stivensning halok bo'lishi ham AQSh tarixidagi eng mash'um hodisalardan biriga aylandi.

Yilning muhim voqealarini sanab adog'iga yetish qiyin. Yaxshisi, yuqorigagi va boshqa bir qator yilning eng muhim voqealarini quyida suratlar orqali tomosha qilganimiz ma'qul.

Dunyo 2012-yilda


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG