Breaking News

FBR direktori: Xitoy kontrrazvedkasi AQShga jiddiy tahdid


FBR direktori Kristofer Rey Senat Adliya qo'mitasidagi tinglov paytida, Vashington, 23-iyul, 2019-yil

AQSh Federal qidiruv byurosi direktori Kristofer Reyning aytishicha, Xitoy kontrrazvedkasi ayni damda Qo’shma Shtatlarga Rossiya yoki boshqa biror mamlakatdan ko’ra kattaroq tahdid solmoqda. Rey bu haqda Senat Adliya qo’mitasi tinglovida so’zlagan. Uning nazarida, Xitoydan taralayotgan tahdid ancha murakkab, keng qamrovli va qamrovli.

Xalqaro hayot - 24-iyul, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:42 0:00

FBR direktorining senatorlarga aytishicha, Xitoy hukumati va Xitoy Kommunistik partiyasining AQSh bo’ylab ko’plab rasmiy va xususiy sektorlarda vakillari bo’lib, ular AQSh intellektual mulkini o’g’irlash, boshqa turdagi ma’lumotlarni to’plash bilan shug’ullanmoqda.

“Mamlakat bo’ylab AQSh intellektual mulkini o’g’irlash harakati bilan bog’liq mingga yaqin tergov ishlari ko’rilmoqda. Xoh iqtisodiy josuslik bo’lsin, xoh yadro texnologiyalariga doir ma’lumotni to’plash bo’lsin. Barchasi Xitoyga ishora qilmoqda”, - dedi Kristofer Rey.

Uning aytishicha, Xitoy o’z odamlarini AQShning barcha jabhalariga suqishga urinyapti. Startaplar, yuqori texnologiya bilan ishlovchi kompaniyalar, fazo, aviatsiya, qishloq xo’jaligi, oliy ta’lim muassasalari shular jumlasidan.

“Yaqinda Kanzasda xususiy bir kompaniya yaratayotgan sholining yangi navini o’g’irlashga harakat qilishgan. Ma’lumki, AQSh qishloq xo’jaligiga dunyo havas qiladi. Xitoy bu soha josusligi bobida o’ta faol”, - dedi FBR rahbari.

Kristofer Reyning aytishicha, Xitoy tajovuzi turli usullarga tayanadi. Kiberjosuslikdan rasmiylarga pora berishgacha. Uning ba’zi harakatlari noqonuniy bo’lmasa-da, AQShga tahdid hisoblanadi. Masalan, xorijiy sarmoyasi. Sirlarni o’g’irlashda qo’llanilayotgan turli usullarni fosh etish uchun xar hil yondashuvlar mavjud, deydi rasmiy.

Xitoy nazarida, Qo’shma Shtatlar uni josuslikda ayblash bahonasida taraqqiyotiga g’ov bo’lmoqchi.

“Ba’zan aql bovar qilmaydigan bahonalar bilan Amerikadagi xitoylik talabalar, olimlar, professionallar va hatto xitoylik amerikalik ilm ahlini tanqid qilishadi, ta’bini xira qilishadi”, - deydi Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jen Shuan.

Reyning aytishicha, FBR Xitoy xalqi yoki xitoylik amerikaliklarni bu ishda ayblamaydi.

Byuro rahbari Rossiyani ham tilga oldi. Uning aytishicha, Kreml unga qo’yilgan sanksiyalarga qaramay, AQSh saylovlari jarayoni va natijalariga ta’sir qilish niyatidan voz kechgani yo’q. Rossiya bunday da’volarni rad etib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG