Breaking News

100 million dollar sarflangan sarguzasht


100 million dollar sarflangan sarguzasht
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:58 0:00

100 million sarflangan sarguzasht

Ishlari Oskar mukofotiga taqdim etilgan Ava Dyuverney ayni paytda byudjeti 100 million dollardan ortiq fantastik sarguzasht film ustida ishlagan birinchi qora tanli rejissordir. "Vaqtdagi tuynuk" filmi ikki irq vakillaridan tarkib topgan oila farzandi, 13 yoshli qizning otasini qutqarish uchun koinotga qilgan safari haqida.


Megning otasi to'rt yildan beri bedarak ketgan. Qizi uni qidirishga bel bog’laydi. Meg otasining inson tafakkuri va mehri-muhabbati bilan koinotga sayohat qila oladi degan nazariyasini isbotlashga urinadi.Bu yo’lda u fizika o’qituvchisi, nazariyachi olim bilan missiyasini amalga oshirishga erishadi.


“Otangni yovuz kuchlar tuzoqqa tushirgan. Uni qutqarishga yerdagi yorug’likning kuchi yetmaydi. Lekin ularga sen, faqatgina sen bas kela olasan. Kurashlarga tayyor bo’l!”, - deydi film qahramonlaridan biri.

Meg rolini Storm Reyd o’ynagan.

“Meg o’z missiyasiga erishishda ulg’ayadi, oliyjanoblikni o’rganadi, o’zligini topadi, kuchga to’ladi va atrofidagilarga ham kuch beradi”, - deydi bosh qahramon rolidagi aktyor.

Kim xonim, Nima xonim va Qaysi xonim kabi samoviy qahramonlar Megga qora kuchlar bilan kurashishda kuch beradi va u otasini qutqarishga erishadi. Nima xonim rolida Riz Viterspun.

“Gollivud filmlarida bolalarni kam ko’ramiz, ayniqsa, qora tanli bolalarni bosh qahramon rolida uchratish qiyin. Meg roli, agar odam istasa, har qanday ishga qodirligini ko’rsatadi”, - deydi Riz Viterspun.

Kartina Amerika yozuvchisi L’Engl Madlenning 1962-yilda yozgan ilmiy-fantastik romani asosida ishlangan. Unda yaxshilik va qora kuchlar kurashi orqali irqiy kamsitish, zo’ravonlik, ijtimoiy tengsizlik yoritiladi. Kartina rejissori Ava Dyuverney, ayniqsa, ayol qahramonlarni tanlashda irqiy tenglikka erishishga uringan. Bosh qahramon oddiy qiz bo’lsa-da, g’ayri oddiy ishlarga qodirligi va butun koinotni asrab qolishi bilan ajralib turadi.

“Qahramon bo’lish uchun voqealar markazida bo’lish shart emas. Tashqaridagilar, o’ziga xos fikrlaydiganlar ham qahramon bo’lishi mumkin”, - deydi kinoijodkor.

Shunday qahramonlardan biri Ava Dyuverneyning o’zi. U kino olamiga 32 yoshida kirib kelgan. 45 yoshida Oskarga nomzod bo'ldi. U klassik asarlarni o’zining hayotiy qissalari bilan uyg’unlashtirib yangicha uslub yaratdi.

“Avaning ijodkorligi, intizomi, tashkiliy ishlarni a’lo darajada olib borishi aktyorlarni, hammamizni ilhomlantirib yubordi”, - deydi Qaysi xonim rolidagi Opra Vinfrey.

Asosiy rollardan birini ijro etgan Opra Vinfrey Dyuverneyning g’oyalarini qo’llab-quvvatlab keladi.

“Gollivudda ayollar davri keldi. Imkoniyatlar oldingidan ko’ra ancha ortgan. Gollivud ayoli bo’lishning o’zi bir baxt bo’lib qoldi. Disneyning 100 million dollarlik loyihasi boshida Ava Dyuverneyning turishi olamshumul voqea”, - deydi Riz Viterspun.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG