Breaking News

Yosh amerikaliklar orasida sotsializm tarafdorlari ko'p


Saylov-2016
Saylov-2016

Amerikalik yoshlar orasida o'tkazilgan so'rovlar shundan darak bermoqdaki, sotsializm va kommunizm tarafdorlari anchagina. "Kommunizm qurbonlari" deb nomlangan jamg'arma homiyligida tadqiqotlar olib borilgan.

Hisobotga ko'ra, 35 yoshdan past amerikaliklarning 53 foizi hozirgi iqtisodiy tizimdan norozi. Sotsializm, ular nazarida, ma'qul sistema.

Respondentlarning 45 foizi sotsialist nomzodga ovoz bergan bo'lar edi. Vermont shtati senatori Berni Sanders prezidentlik uchun nomzodlikni qo'lga kirita olmadi. Lekin uning demokratik-sotsialistik takliflari bu yoshlarga qattiq ta'sir qilgan, deydi tadqiqotchi Marion Smit.

2000-yillardan keyin voyaga yetgan avlod kommunizm nima ekanini yaxshi bilmaydi, tushunchasi cheklangan, deydi ekspert. Ular uchun sotsializm bepul o'qish, bepul tibbiy xizmat va imtiyozlar demakdir. Ularning aksariyati soliq to'lashni xohlamaydi. Xarajatlarni qoplash uchun mablag' qayerdan kelishi kerak degan savolga javob bera olmaydigan avlod.

35 yoshdan yuqori amerikaliklar orasida kapitalizm tarafdorlari ko'pchilikni tashkil etsa-da, ular ham hozirgi muhit talabga javob bermasligini aytadi. Bu avlod nazarida bugungi Amerikada o'rta sinf vakiliga aylanish va shu qatlamda turish qiyinlashgan.

21-asrda voyaga yetgan amerikaliklar, boshqa mamlakatlardagi yoshlar singari, kommunizm va sotsializm nima ekani haqida bilmaydi va uni ko'p hollarda liberalizm bilan adashtiradi
21-asrda voyaga yetgan amerikaliklar, boshqa mamlakatlardagi yoshlar singari, kommunizm va sotsializm nima ekani haqida bilmaydi va uni ko'p hollarda liberalizm bilan adashtiradi



Tarixni bilasizmi?

"21-asr farzandlari, afsuski, kommunizm naqadar qonxo'r mafkura bo'lgani, o'tgan asrda millionlab odamlarni qirgani haqida o'qimaydi va bilishga ham ishtiyoqi past",- deydi Marion Smit, "Kommunizm qurbonlari" tashkilot bosh eksperti.

"Buning natijasida esa yoshlar erkin bozor, qonun uqstuvorligi, demokratik davlat, inson huquqlari singari qadriyatlar va talablar ustida ishlashni xohlamaydi. Sotsializm ular uchun bugungi muammolar yechimidir".

So'rovni "YouGov" nomli xalqaro izlanishlar firmasi olib borgan. Tadqiqot internetda, 16-35 yosh orasidagi 2300 odam ishtirokida o'tkazilgan.

Smit deydiki, amerikalik yoshlar sotsializmni ko'p hollarda liberalizm bilan adashtiradi. Ta'lim tizimini isloh qilish kerak; mafkuralar xususida chuqurroq bilim bermoq zarur, deydi u, hozirgi darsliklar ko'lami juda sayoz.

Amerika yoshlarining aksariyati Mao Tsedong, Che Gevara yoki Lenin kim degan savollarga javob bera olmagan.

Respondentlarning chorak qismi Garri Truman kim ekanini ayta olmagan. Truman AQShni 1945-1953 yillarda boshqargan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda muhim rol o'ynagan lider.

"Kommunizm qurbonlari" jamg'armasi 2003-yilda tuzilgan. Uning vazifasi kommunizm davrida jabr chekkan va yo'q qilingan insonlarni xotirlash va bu mafkuraga qarshi kurash.

Kommunizm qilichi ostida, deya taxmin qiladi tashkilot, dunyo bo'ylab 100 milion odam nobud bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG