Jahon chempionatining so'nggi o'yinlari

Niderlandiya darvozaboni Tim Krul Kosta Rikaga qarshi kechgan o'yin so'ngida tashkil etilgan penaltilar seriyasida ikki marta jamoa darvozasini goldan saqlab qoldi, 5-iyul, 2014-yil.

Kosta Rika darvozaboni Keylor Navas Niderlandiya hujumchisi Vesli Sneyder tepgan jarima to'pini qaytarmoqda, 5-iyul, 2014-yil.

Kosta Rika vakili Jonni Akosta Niderlandiyaga qarshi kechgan o'yinda darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi, 5-iyul, 2014-yil.

Argentina hujumchisi Lionel Messi Belgiyaga qarshi jarima to'pini tepmoqda, 5-iyul, 2014-yil.

Belgiyalik Drays Mertens Argentina darvozasiga qarata jarima to'pini tepmoqda, 5-iyul, 2014-yil.

Argentinalik Gonzalo Higuain Belgiya darvozasini ishg'ol qilmoqda, 5-iyul, 2014-yil.

Germaniya hujumchisi Tomas Muller Fransiyalik Mamadou Sako bilan to'p uchun kurashmoqda, 4-iyul, 2014-yil.

Germaniya o'yinchilari Tomas Muller va Mats Hummels Fransiya darvozasiga kiritilgan golni nishonlamoqda, 4-iyul, 2014-yil.

Fransiya hujumchisi Karim Benzema Germaniyaga qarshi kechgan o'yinning so'nggi daqiqasida gol urishga urinmoqda, 4-iyul, 2014-yil.

Braziliyalik Tiago Silva Kolumbiya darvozasiga o'yinning birinchi golini kiritmoqda, 4-iyul, 2014-yil.

Braziliya hujumchisi Neymar Kolumbiyaga qarshi kechgan o'yinda belidan jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'ldi, 4-iyul, 3014-yil.

Braziliya vakili Deyvid Luiz tepgan jarima to'pi Kolumbiya darvozasi to'riga borib tushdi, 4-iyul, 2014-yil.