OITS epidemiyasi 2030-yilgacha barham topishi mumkin - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

Odam immuniteti taqchilligi sindromi (OITS, СПИД) bo’yicha BMT maxsus dasturi yaqinda e’lon qilgan hisobotga ko’ra, 2030-yilga borib xavfli kasallik epidemiyasini batamom to’xtatish mumkin. Buning uchun e’tiborsiz qolgan, ya’ni jamiyatda jinoyatchi yoki axloqsiz deya tamg’alangan odamlar ham muolaja olishi kerak. Dunyo bo’ylab millionlab bunday odamlar bor.