Nazarboyev: Prezident Trampning birinchi yili samarali kechdi

  • Amerika Ovozi

Bugun Oq uyda olingan suratlar

Oq uyda bugun Prezident Nursulton Nazarboyevni mehmon qilgan Prezident Donald Tramp deydiki, Qozog'iston va AQSh strategik sheriklar bo'lib qoladi.

Iqtisodiy hamkorlik kengayadi, deydi Tramp. Bugun Nazarboyev Amerika biznes doiralari bilan uchrashadi va 20 yirik kompaniya bilan 7.5 milliard dollarlik bitim imzolanmoqda.

"General Electric" va "Boeing" singari korporatsiyalar Qozog'iston bilan hamkorlikda yangi ish o'qinlari va imkoniyatlar yaratadi, deydi Tramp.

Nazarboyev, uning fikricha, ishonchli va keng miqyosda hurmat qilinadigan lider.

Your browser doesn’t support HTML5

Qozog'iston prezidenti Oq uyda

Qozog'iston rahbari ham Trampning gaplarini olqishlab, uni prezidentlikning birinchi yili bilan tabrikladi.

"Juda samarali yil bo'ldi va siz yurtingiz uchun ko'p ishlar qildingiz", - dedi Nazarboyev.

Rahbarlar kameralar oldida ekan, matbuot xodimlaridan Trampning o'tgan hafta muhojirlarga qarshi aytgan gaplari haqida savollar tinmadi.

"Axlatga botgan mamlakatlardan bizga muhojirlar nega kerak?" degan gap prezidentdan chiqmagan, deya inkor etmoqda Oq uy. Lekin u bilan uchrashuvda o'tirgan senatorlarga ko'ra, prezident immigratsiya islohoti bo'yicha muzokarada Tramp qizishib ketib shunday degan.