Breaking News

Vashingtonda asoslangan xalqaro tashkilot "Freedom House" - "Ozodlik uyi" hisobotiga ko'ra, dunyo davlatlarining 45 foizi erkin jamiyatlardir. Sayyoramiz ahlining 39 foizi erkin, 37 foizi esa erkin emas, qolgani qisman erkindir.

71 davlatda demokratik chekinish kuzatilmoqda, jumladan, Qo'shma Shtatlarda. Siyosiy huquqlar, ovoz berish, erkin fikr bildirish, qonun ustuvorligi bobida salbiy qadamlar tashlangan.

O'zini erkin diyor va erkinlik targ'ibotchi deb atab, bu borada har yili milliardlab dollar sarflab kelgan Qo'shma Shtatlar hozirga kelib na o'ziga va na dunyo ahliga namuna bo'la oladi, deya tanqid qilmoqda "Ozodlik uyi".

Tashkilot erkinlik darajasini qator omillarga, uzviy huquqlar amaliyotiga qarab o'lchaydi.

Vashington o'z tashqi siyosatida erkinlik targ'ibotini ustuvor maqsad sifatida qanchalik olg'a surmasin, amalda buni isbotlamadi.

Oxirgi uch prezident davrida jarayonlar orqaga ketib, Afg'oniston va Iroqdagi urushlar, strategik hamkorlar, "xavfsizlik asosiy manfaat" deya qilingan murosalar, terrorizmga qarshi kurash va Rossiya singari avtoritar tuzumlarning ovozi balandlashishi tufayli AQShning "demokratik lider" degan nufuzi pand yeya boshladi.

2017-yilda Donald Tramp prezidentlikni boshlagach, bu jarayon yanada tezlashdi, deyiladi tahlilnomada. Hozirgi Oq uy uchun global maydonda demokratiya va erkinlik targ'iboti umuman muhim emasdek.

AQShda demokratiya darajasi pasayib bormoqda
AQShda demokratiya darajasi pasayib bormoqda

"Amerika birinchi" degan shiori bilan Tramp AQSh manfaatlari, ya'ni prezident o'zi dolzarb deb bilgan manfaatlarni olg'a surmoqchi. Umumbashariy va Amerikani qudratli davlatga aylantirgan qadriyatlar, jumladan, erkinlik va huquq, hozirgi rahbar uchun birinchi o'rinda emas, deyiladi "Ozodlik uyi" tahlilnomasida.

Oxirgi prezident saylovlariga Rossiyadek yakkahokimlikka asoslangan tuzum ta'sir qilgan bo'lishi mumkin degan xavotirlar, deydi tadqiqotchilar, bu borada olib borilayotgan tekshiruv ham Amerika sistemasiga darz ketganini anglatadi.

Fuqarolarning hukumatga ishonchi har qachongidan past. Prezident Trampning reytingi ayni damda 30 foiz atrofida. Kongressniki taqriban 20 foiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG