Barbara Bush - bir prezidentning rafiqasi, bir prezidentning onasi

Your browser doesn’t support HTML5

Barbara Bushni amerikaliklar iliq so'zlar bilan tilga oladi. Nufuzi hamisha baland bo'lgan ayol. 92 yoshida olamdan o'tgan xonim AQShning 41-prezidentining 73 yillik umr yo'ldoshi, 43-prezidentning esa onasi. 17-aprel kuni Texas shtatining Hyuston shahrida hayotdan ko'z yumdi.