Tramp: Suriyadagi harbiylarni vatanga qaytarish vaqti keldi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Prezident Donald Tramp bir hafta ichida “Islomiy davlat” to’liq mag’lub qilinganini e’lon qilmoqchi. AQSh boshchiligidagi koalitsion kuchlar “Islomiy davlat” egallab olgan barcha hududlar ustidan nazorat o’rnatgan. Tramp Iroq va Suriyada jangarilarning kichik guruhlari qolganini aytadi. Biroq Vashington urush uchun pul sarflashni istamaydi.

Tramp 6-fevral kuni 79 a’zoga ega harbiy koalitsiyaga “Islomiy davlat”ni to’liq yo’q qilishni so’rab murojaat qildi.

“AQSh harbiylari, koalitsiyadagi hamkorlar va Suriya Demokratik kuchlari “Islomiy davlat” egallagan hududlarni jangarilardan ozod qildi. 100 foiz g’alabaga erishilgach keyingi haftada natijalarni rasman e’lon qilamiz”, - dedi prezident.

Trampga ko’ra, Suriyadagi harbiylarni vatanga qaytarish vaqti keldi.

Davlat rahbari ittifoqchi kuchlarni chegarani terrorchilardan himoya qilishda AQShdan o’rnak olishga chaqirdi.

“Immigratsion xavfsizlik milliy xavfsizlik ekanini tan olish kerak. Jangarilar bizning chegaramizdan o’ta olmasligi kerak”, - deydi Tramp.

Suriyadan 2000 askarni qaytarishga urinayotgan Tramp intervyulardan birida AQShning Iroqdagi kuchlari Eronni kuzatib turishi kerakligini aytgan.

Iroq konstitutsiyasida mamlakat hududidan qo’shni davlatlarga tahdid solish maqsadida foydalaaish taqiqlangan. Biroq Iroq Tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali Alhakim koalitsiya kuchlaridan “Islomiy davlat”ni yo’qotishda yordam so’ragan.

“Barcha mamlakatlardan jangarilarning so’nggi kuchlarini tor-mor qilishda Iroqqa yordam bering”, - deydi vazir.

Tramp terrorchi guruhlarning ayrim hududlarda jon saqlab qolgani va hanuz xavfli ekanini tan oladi. Prezident AQSh va uning ittifoqchi kuchlari jangarilar yashiringan makonlarga zarba berishini aytgan.