Beshinchi partiya: Va'dabozlik davri o'tdi, xalq endi aldanmaydi

Boriy Alixonov, O'zbekiston Ekologik partiyasi lideri, Oliy Majlis deputati

Odamlarni besh yillik dasturlar bilan aldab bo'lmaydi, deydi O'zbekiston Ekologik partiyasi lideri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a'zosi Boriy Alixonov.

"Har qanday rivojlanish qarama-qarshi fikrlar to'qnashuvi bilan sodir bo'ladi," - deydi u.

Ekologik harakat edi, endi siyosiy partiya. Qonunchilik palatasida to'liq vakolatga ega 15 deputati bor. Lekin ular mamlakatdagi tub muammolar yechimi yo'lida nima qila oladi?

Buning ustiga saylovchilar bu partiyaga "siz zaifsiz" deb ishonmay turganida.

Boshqalar esa saylov tugadi, endi bu "qo'g'irchoq partiyalarning kimga keragi bor?" deya qo'l siltayotganida.

Ekologik partiya atrof-muhitni asrovchi mahsulotlarni targ'ib qiladi

Partiya asosan uch muammo bilan kurashdi va kurashmoqda, deydi Alixonov.

Alixonov bilan suhbatda yana qator mavzularni muhokama qildik:

- Partiya yaqinda o'tgan parlament saylovlariga berilgan xalqaro bahoni qanday tahlil qildi?

- Ekologik harakat endi siyosiy partiya ekanini qachon angladi?

- O'zbekistonda real muxolifat kerak, deya bong urilar ekan, Ekologik partiya oppozitsiya deganda kimni va nimani tushunadi?

- Tabiatparvarlikni qanday targ'ib qilmoqchi?