Dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri USAIDga tayanmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Siyosiy va ijtimoiy beqarorlikdan tinkasi qurigan Gaitida 11 millionga yaqin aholi qashshoqlik va turli kasalliklar changalida. Mamlakat Qo’shma Shtatlar yordamiga tayanib yashaydi. AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) yillardan beri moddiy va texnik ko’mak ko’rsatadi.

“Amerika va Gaiti xalqini bir-biridan ajratish qiyin. Rishtalar mustahkam. Biz bu davlatga madadni ayamaymiz. Imkon radar bu orol-mamlakatni quvvvatlashda davom etamiz”, - deydi Jon Barsa, USAIDning Gaiti va butun mintaqa bo'yicha bosh rasmiysi.

Oxirgi paytlarda yanada beqarorlashgan Gaitiga AQSh o’tgan ikki yıl mobaynida 26 million dollardan ziyod miqdorda oziq-ovqat yetkazdi.

200 mingga yaqin odam Gaitida muntazam ravishda ochlik bilan yuzlashadi. Aholining bu qatlamiga g’amxo’rlik qilish minglab tonna yegulik talab qiladi.

AQSh tabiiy ofatlar va mojarolar sabab vayron bo’lgan orolda qayta qurish, uni rivojlantirish, iqtisodiy taraqqiyot, ish o’rinlari yaratish va qishloq xo’jaligini yo’lga qo’yish uchun harakatda.

Gaitada sog’likni saqlash tizimi ham xarob ahvolda. Ta’lim tizimlarini ham rivojlantirish zarur.

USAID xususiy sektorni rivojlantirishga e’tibor bermoqda, chunki u boshqa sohalarga ham ijobiy ta’sir qiladi.

“Ish o’rinlarini hukumat emas, bizneslar va tadbirkorlar yaratadi. Shu bois AQSh bergan yordam xususiy sektorni kuchaytirsin, deymiz. Sarmoya va tadbirkorlik uchun sharoit yaxshilansa, boshqa sohalar ham ildamlaydi. Bunda esa erkinlik, qonun ustuvorligi va xavfsizlik albatta eng muhim omillar", - deydi Jon Barsa, USAID rasmiysi.