Pentagon: Rossiyaning Ukrainani bosib olish imkoniyati nolga yaqin

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Pentagonning taʼkidlashicha, AQSh va uning ittifoqchilari Ukrainani Rossiya tajovuziga qarshi qoʻllab-quvvatlashda davom etadi. Ayni paytda AQShning yuqori martabali generali hech bir tomon yaqin kelajakda harbiy yo’l bilan g’alaba qozona olmasligini bashorat qildi.

“Rossiyaning Ukrainani zabt etish va bosib olishdek strategik maqsadlariga erishish ehtimoli nolga yaqin. Ular ayni paytda Ukraina hududining 20 foizini egallab turibdi. Lekin ularni butun Ukraina hududidan, xususan, Qrimdan harbiy yo’l bilan surib chiqarish ehtimoli ham u qadar yuqori emas”, - dedi AQSh harbiy kuchlari bosh stabi rahbari general Mark Milli.

Ammo, deydi general, tinchlikka siyosiy yechim orqali yo’l topish topish mumkin.

“Siz kuchli pozitsiyadan turib muzokara qilishni xohlaysiz. Rossiya hozir bu pozitsiyada emas. Rossiya armiyasi juda katta yo’qotishlarga uchramoqda”, - dedi u.

Fevral oyida bosqin boshlangandan beri Rossiya harbiylari katta miqdordagi askar va harbiy texnikasini boy berdi.

Buni ham ko'ring Polshada ikki odamni o'ldirgan raketaning Ukrainaga tegishli ekani aniqlandi

"Ular qo’llayotgan raketalar soni hayratlanarli darajada katta. O’q-dorilar miqdorini urushdan avvalgi darajaga keltirish uchun yillar kerak bo’lishi mumkin”, - dedi AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Pentagon, shuningdek, Ukraina havo hujumidan mudofaa raketasi seshanba kuni Ukraina chegarasi yaqinida Polsha hududiga tushganini va bu voqeada ikki kishi halok bo’lganini yana bir bor tasdiqladi. Ukraina prezidenti voqeani batafsil taftish qilishga chaqirmoqda.

"Bu, katta ehtimol bilan, Ukraina havo mudofaa raketasining qo’llanishi natijasidir, ammo biz tergov oxirigacha davom etishini istaymiz", - dedi Ostin.

Buni ham ko'ring Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Rossiyani atom qurollari borasida ogohlantirdi

AQShning yuqori darajali generali, shuningdek, Xitoyni Tayvanga bostirib kirishdan ogohlantirdi va bo'g'oz bo'ylab har qanday harbiy bosqinni "juda xavfli o'yin" deb atadi.

"Menimcha, xitoyliklar bunday operatsiyani o'z zimmalariga olish katta xavf tug'dirishini tushunadi. Bu aql bovar qilmaydigan harakat. Bu Putinning Ukrainada qilgan strategik xatosi kabi siyosiy, geosiyosiy va strategik xato bo‘ladi”, - dedi general Mark Milli.

Milllining aytishicha, AQSh armiyasi dunyoda eng qudratli armiya bo'lib qolishga davom etadi va bu voqelik Xitoy va AQSh kabi qudratli davlatlar o’rtasidagi o’zaro to’qnashuvning oldini oladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Rossiya iqtisodiyoti qay ahvolda?