Tehron va Riyod o'rtasidagi diplomatik yaqinlashuv nimani anglatadi?

  • Amerika Ovozi

Saudiya Arabistoni va Eron o’rtasida Xitoy vositachiligida kutilmagan diplomatik yaqinlashuv ro’y bermoqda.

Saudiya Arabistoni va Eron o’rtasida Xitoy vositachiligida kutilmagan diplomatik yaqinlashuv ro’y bergani tahlilchilarni taajjubga solmoqda. Ba'zilar buni og’ir iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatdagi Livan va Yaman uchun ijobiy o’zgarish deb hisoblasa, boshqalar fikricha, Eron tashqi bosimlarni yumshatish uchun shunday yo’l tutishga qaror qilgan.

Yaqin Sharq bo’yicha tahlilchilar Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida diplomatik aloqalarning tiklangani mintaqada keskinlikni kamaytirishidan umidvor.

Bayrutdagi Karnegi Yaqin Sharq markaziga rahbarlik qiluvchi Maha Yahyoning aytishicha, kelishuv, ayniqsa, Eron uchun qulay vaqtga to’g’ri kelgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Yil sarhisobi: Bayden Yaqin Sharqda nimalarga erishdi?

“U yerdagi iqtisodiy vaziyatning og’irligi, xalqaro bosimning kuchayib borayotgani, ayniqsa, yadroviy bitim tiklanmay qolgani va Eronning uranni boyitish bo’yicha yutuqlari hisobga olinsa, bu qulay edi”, - deydi u.

Livanlik tahlilchi Daniya Koleylat Xatibning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, kelishuv amalga oshsa, Eron ham, Saudiya Arabistoni ham barqarorlikdan yutishi mumkin. Xatib Bayrutda joylashgan Hamkorlik va tinchlik o'rnatish bo'yicha tadqiqot markazi prezidenti.

"Eronliklar ma'lum darajada buni ushlab turadi, chunki ularda boshqa tanlov yo'q, - dedi u. - Ular katta bosim ostida. Ichkarida bosim bor, tashqarida bosim bor. Yadroviy kelishuv qayta tiklanishiga umid yo'q, shuning uchun ular uchun eng yaxshi narsa qo'shnilari bilan tinchlik o'rnatishdir. Agar Eron bilan kelishuv amalga oshsa, Eron, Hizbulloh, hutiylardan kelayotgan beqarorlik kamayadi. Bu Saudiya Arabistonining 2030-yilgi maqsadlari uchun kerak bo'lgan narsa”.

Buni ham ko'ring Riyod va Tehron Xitoy vositachiligida aloqalarini tikladi

2030-yilga borib Saudiya Arabistoni sanoat, logistika, turizm va boshqa sohalarni diversifikatsiya qilish orqali neft qazib olishga qaramlikni kamaytirishni maqsad qilgan.

Xatibning aytishicha, Saudiya Arabistoni ham, Eron ham kelishuv natijasida Livanni kim boshqarishi bo’yicha kelishuvga erishishi mumkin. Boshqalar esa u qadar umidvor emas.

Tahlilchilarning aytishicha, Saudiyaning neft obyektlariga uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qilgani aytiladigan va Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan hutiy isyonchilar bilan tinchlik muzokaralari ham tezlashishi mumkin.

Ammo Xalqaro Inqiroz Guruhi vakili Dina Esfandiary frantsuz axborot agentligiga, AFPga, agar gap faqat Saudiya-Xutiy kelishuvi bo'lsa, "Yaman ichida boshqa turli tomonlarning shikoyatlari bilan muammo bo'ladi, ular ko'rib chiqilmaydi", shu jumladan. asosiy separatistik fraksiya - Janubiy o'tish kengashi.

Buni ham ko'ring G’arb Eron yadro dasturidan xavotirda

Nyu-Yorkdagi “Philos Project” kompaniyasi katta ilmiy xodimi Farhod Rizoiy Eronning Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni normallashtirishni xohlayotganiga shubha bilan qaraydi.

“Bosim pasaygach, ular o‘zlarining diniy e’tiqodlarini hisobga olgan holda avvalgi dushmanlik pozitsiyasiga qaytishadi”, - deb yozdi u “Twitter”dagi sahifasida.

U bu bilan sunniylar va shialar o’rtasidagi azaliy ziddiyatga ishora qiladi.

“Saudi Arab News” nashri bosh muharriri Faysal Abbosning aytishicha, kelishuv samarasi tez orada sezilishi qiyin.

“Biz Eronning qirq yillik dushmanligi va mintaqaviy xavfsizlikka putur yetkazgan sarmoyasi bir kechada yoʻq boʻlib ketishini kuta olmaymiz”, - deydi u.