Yurak kasalliklarini aniqlashda sun'iy intellekt qo'l kelmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

AQShning Merilend shtatidagi universitet tadqiqotchilari jiddiy kasalliklarni yaxshiroq tashxislash va davolash uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda.

Jons Xopkins universitetining biotibbiyot muhandisligi tadqiqotchilari yurak kasalliklarini davolash uslubini o'zgartirish ustida ishlamoqda.

Ular endi bemor yuragining shaxsiylashtirilgan raqamli modelini, ya’ni "raqamli egizagi"ni yaratishi va kim ko'proq xavf ostida ekanligini yaxshiroq bashorat qila olishi mumkin.

“Biz yurakni tomografiya skaneridan o‘tkazamiz; so‘ng uni bemorga ma’lum bo‘lgan barcha klinik ma’lumotlar bilan birlashtiramiz. Bu ma’lumotlar omon qolish tahlili bilan qo’shiladi va shu asosda 10 yil ichida bemorning to'satdan o'lish xavfi qanday ekanligini ayta olamiz”, - deydi tadqiqotchi Natalya Trayanova.

Buni ham ko'ring Ksenotransplantatsiya - organ yetishmovchiligi uchun yechim

Trayanovaning ta'kidlashicha, bugungi kunda qo'llaniladigan segmentli tasvirlardan farqli o'laroq, yurakning butun modeli qaysi bemorlarga defibrillyator ko’proq kerak bo’lishi haqida to’g’ri tasavvur beradi.

“Biz qo’llaydigan multimodalli chuqur o'rganish algoritmlari bemorning ahvolini ancha yaxshi ifodalaydi", - deydi u.

Jons Xopkinsning Sidney Kimmel keng qamrovli saraton markazida doktor Viktor Velkulesku o'pka va boshqa saraton kasalliklarini erta bosqichda aniqlashning yangi usullari bo'yicha tadqiqot olib boradi.

Uning jamoasi saraton hujayralari oddiy hujayralarga qaraganda ancha tartibsiz o'sishini va bu hujayralar o'lganda, o’zidan hujayrasiz DNK deb ataladigan bo’laklar qoldirishini aniqladi. Ular odamda saraton kasalligi bor-yo'qligi haqida ma'lumot beradi.

Your browser doesn’t support HTML5

Shovqin - o'limga eltuvchi omil

Jamoa DELFI deb nomlangan texnologiya yaratdi. U hujayrasiz DNK parchalarini tahlil qilish uchun sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanadi.

"Biz qonga qaraymiz, hujayrasiz DNK deb ataladigan molekulalarini topib, saraton bor-yo’qligini aniqlash uchun ularning tarkibiga qaraymiz”, - deydi tadqiqotchi.

Olimning aytishicha, yaxshilangan qon tahlili dunyo bo'ylab saraton kasalligi bo’yicha tekshiruvlar ko’payishiga xizmat qiladi.