Afg’onistonda yuqori lavozimdagi ayol politsiyachi otib o’ldirildi

  • Amerika Ovozi
Afg’onistonning Hilmand viloyatida eng yuqori lavozimdagi ayol politsiyachi otib ketilgan. Leytenant Islom Bibi uyidan chiqib, ishga ketayotganda unga qurollangan shaxslar hujum qilgan, deya bildiradi politsiya.

37 yoshli ayol, uch farzandning onasi, olgan jarohatlaridan kasalxonada jon berdi. U Afg’onistonda Tolibon hokimiyatdan ag’darilganidan keyin xotin-qizlar uchun ochilgan imkoniyatlar ramzi sifatida namuna qilib ko’rsatilar edi.

Islom Bibiga politsiyachilik karyerasi davomida ko’p marta tahdid qilishgan, hatto o’z akasi uni o’ldirishga uch marta harakat qilgan.

Bugun Hilmanddagi portlashda, shuningdek, yetti yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan to’rt qizaloq halok bo’lgan. Ular suv olishga ketayotib, yo’lda ko’milgan bombaga oyoq bosgan.

Afg'on qurolli kuchlari o'tgan oy xavfsizlik uchun mas'uliyatni butunlay o'z zimmasiga oldi. Qo'lbola bombalardan har oy o'nlab odam halok bo'ladi.