AQSh Afg'onistonda jangarilar radiosini yo'q qildi

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston rasmiylarining aytishicha, Amerika amalga oshirgan havo hujumida "Islomiy davlat" jangari to'dasining radio stansiyasi internet aloqa tizimi yo'q qilingan.

Nangarhor viloyatidagi havo reydida 29 jangari, xususan, "Xalifalik Ovozi" radiosining besh xodimi o'lgan.

Rasmiylarning so'zlariga ko'ra, Afg'oniston-Pokiston chegarasidagi tog'li viloyatning Achin tumanida "Islomiy davlat" jangarilari in qurib, targ'ibot ishlari orqali odam yollashga, o'z g'oyalarini singdirishga uringan.

Radio uch oydirki kuniga ikki soat, pashtu va dari tillarida efirga chiqqan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat" internetda yoshlarni ovlamoqda