Afg'oniston hukumati AQShni mahbuslarni qiynayotganlikda ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston qamoqxonalaridan biri

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay tashabbusi bilan tuzilgan komissiya xulosasiga ko'ra, AQSh kuchlari nazoratidagi qamoqxonada afg'on mahbuslari qiynoqqa solinmoqda. Gap poytaxt Kobul yaqinidagi Bagram aviabazasida joylashgan qamoqxona haqida ketmoqda.

Komissiya a'zosi Muhammad Amin Ahmadiyning aytishicha, mahbuslar shikoyatiga qaraganda ularni gaz bilan qiynashar, advokatlarini yonlariga yo'latishmas, oqlanganiga qaramay hali ham hibsda saqlashar ekan.

Komissiya rahbari Gul Rahmon Qozi Qo'shma Shtatlardan qamoqxonani zudlik bilan afg'on hukumatiga topshirishni so'raydi. AQSh elchixonasi komissiya da'volari ko'rib chiqilayotganini ma'lum qildi.