NATO Hilmanddagi havo hujumini tergov qiladi

  • Amerika Ovozi
NATO, Shimoliy Atlantika harbiy bloki Afg’oniston janubidagi havo hujumini tergov qilishga va’da bermoqda.

Mahalliy mutasaddilarning aytishicha, hujumda yosh bola halok bo’lgan.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay so’zlariga ko’ra, Hilmand viloyatida sodir etilgan kechagi amaliyot Qo’shma Shtatlar afg’on xalqini hurmat qilmasligidan dalolat beradi.

Tinch aholi orasida talofatlar Karzay va NATO orasini tarang qilgan muammolardan.

Rasmiy Kobul ta’rificha, bu hujum Vashington bilan muhokama qilinayotgan xavfsizlik bitimiga ziyon qilishi mumkin.

Hujjat 2014-yildan keyin AQShning Afg’onistondagi rolini belgilaydi.