Afg'oniston vakillari Pokistonda toliblar sardori bilan ko'rishadi

  • Amerika Ovozi

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron, Afg'oniston rahbari Hamid Karzay, London, 29-oktabr, 2013-yil.

Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif toliblarni tinchlik muzokaralariga bosh qo’shib, Afg’onistondagi urushni bas qilishga da’vat etdi.

Hamma tomonlar bir davrada yig’ilsagina, mamlakatda tinchlik qaror topadi, dedi Sharif kecha Londondagi chiqishida.

Afg’oniston rahbari Hamid Karzay ham bugun Londonda, Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron bilan ko’rishmoqda.

Taraflar uchrashuvi ketidan e’lon qilinishicha, afg’on mutasaddilari tez orada Pokistonga borib, toliblar yetakchisi mulla G’ani Birodar bilan gaplashadi.

Birodar 2010-yilda Pokistonda ushlangan, o’tgan yili qamoqdan chiqqanidan beri hamon hukumat kuzatuvida.

Afg’on rasmiylari nazarida Tolibon safida Birodarning nufuzi hamon baland va u tinchlikda salmoqli rol o’ynashi mumkin.