Paktika viloyatidagi xurujda to'qqiz kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston sharqidagi Paktika viloyati, Yahyoxil tumanida bir politsiyachi otishma boshlab, to'qqiz safdoshini o’ldirgan.

Voqea joyida ikki kishi ushlangan, ular kim ekani haqida hozircha ma’lumot yo’q.

Tolibon harakati “hujumni biz uyushtirdik” va uni amalga oshirgan shaxs topshiriqdan eson-omon safimizga qaytdi, deb bayonot tarqatdi.

Afg’oniston janubidagi portlash va otishmalarda esa bugun NATO ikki askaridan ayrilgan.