Breaking News

General Allen: Afg'oniston bilan til topisha olamiz


General Jon Allen Kongressda, 20-mart 2012
General Jon Allen Kongressda, 20-mart 2012

Afg’onistondagi xalqaro koalitsiya qo’mondoni general Jon Allen Vashingtonda AQSh Vakillar Palatasida hisobot berib, so’nggi noxush hodisalarga qaramay ikki davlat orasidagi aloqalar mustahkam, dedi. Tomonlar til topisha oladi, deydi u.

General Allenning aytishicha, vaziyat og’ir, qilinadigan ishlar talay, lekin progress bor.

Afg’on milliy kuchlari mamlakat xavfsizligini ta’minlash vazifasini o’z zimmasiga ola boshlagan, deydi u. 2014-yilda koalitsiya mamlakatni tark etadi.

AQSh kuchlari, Kunar viloyati
AQSh kuchlari, Kunar viloyati
Lekin afg’onlar orasida Amerikadan norozilar kun sayin ko’payib bormoqda. So’nggi haftalarda ro’y bergan qonli voqealar, xususan Qandahorda amerikalik askar 16 begunoh insonni otib o’ldirgani va undan oldin Bagrom harbiy bazasida Quro’n yo’qib yuborilgani Qo’shma Shtatlarga nisbatan nafratni oshirgan.

AQSh generali deydiki, Afg’onistonning turli mintaqalarida yanvar oyidan buyon kamida 60 askar halok bo’ldi. Ulardan 13 nafari afg’on zobitlari tomonidan o’ldirildi.

Afg'on kuchlari
Afg'on kuchlari
Mahalliy kuchlar soni o’tgan bir yil ichida 276 mingdan 330 mingga yetdi. Yil oxirigacha AQSh Afg’onistondan 23 ming askarini chiqaradi.

AQSh va Afg’oniston kelajakdagi strategiyani muhokama qilmoqda.

Afg’oniston vitse-prezidenti Muhammad Qosim Fahim yaqinda Mozori Sharifda gapirganida, AQSh bilan harbiy kelishuv har ikki davlat manfaatini ko’zlaydi deb aytdi.

Jalolobodda Amerikaga qarshi namoyishlar
Jalolobodda Amerikaga qarshi namoyishlar
Oradagi kelishmovchilikdan biri bu hibsxonalar nazorati edi. Mart oyida boshida qamoqxonalar bo’yicha murosaga kelindi: kelasi olti oy ichida ular butunlay afg’on boshqaruviga o’tadi.

Yechimini kutayotgan yana bir masala - koalitsiya tunda olib borayotgan maxsus operatsiyalar. Prezident Hamid Karzay ularni to’xtatishni talab qilmoqda. Amerika nazarida esa aynan bu amaliyotlar Tolibonga zarba bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG