AQSh 2014-yildan so'ng Afg'onistondagi loyihalar ustidan nazoratni boy berishi mumkin

  • Amerika Ovozi
AQShning “Vashington Post” gazetasi 2014-yilda Afg’onistonni xorijiy kuchlar tark etganidan so’ng Qo’shma Shtatlar bu mamlakatda o’zi moliyalagan ko’plab taraqqiyot dasturlari bilan ishlash imkonidan mahrum bo’ladi, deya xabar qilmoqda.

Bunga sabab dasturlarda ishlovchi amerikalik mutaxassislar xavfsizligini ta’minlash uchun xalqaro qo’shinlarning Afg’onistonda qolmasligi.

“Vashington Post” nazarida bu AQShning Afg’onistonda qayta tiklanish ishlariga mas’ul rasmiysining xulosasi.

Qo’shma Shtatlar bu yurtda sog’liqni saqlash, ta’lim va energiya ishlab chiqarish loyihalariga milliardlab dollar sarflagan. 2014-yildan keyin esa amerikalik mutaxassislarda bu loyihalarni nazorat qilish va tekshirish imkoni bo’lmaydi.

Qiymati bir milliard dollarga teng 15 loyihada ishlayotgan ekspertlar Afg’onistonni tark etishi mumkin, deyiladi gazetadagi maqolada.

Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra, xalqaro qo’shinlar Afg’onistondan chiqqandan so’ng Tolibon hokimiyatga qaytishga urinib ko’radi.