AQSh yetakchi diplomati Almati va Toshkentga yo'l olmoqda

  • Amerika Ovozi

Amerika Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk 14-15-avgust kunlari Qozog’istonda, 15-18-avgustda O’zbekistonda bo’ladi.

Almatida diplomat biznes ahli bilan ko’rishib, Markaziy Osiyoda iqtisodiy integratsiya va hamkorlik haqida fikr almashadi.

Toshkentda esa Bleyk Amerika va O’zbekiston o’rtasidagi maslahat kengashiga bosh bo’ladi. Bu – tomonlar orasidagi uchinchi yillik konsultatsiya.

Muloqotda mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik, demokratiya va inson huquqlari, qoradori savdosiga qarshi kurash, ta’lim va madaniy almashinuv, iqtisodiy taraqqiyot va savdo xususida so'z ketadi.

Shuningdek, O’zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari va mustaqil huquq himoyachilari bilan ham uchrashuvlar rejalangan.