Breaking News

AQSh: Afg'oniston Markaziy Osiyo yordamiga muhtoj


AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Robert Bleyk (Robert Blake) deydiki, Afg’oniston qo’shni davlatlarning ko’magiga muhtoj, har tomonlama. Mintaqa kelajagi, iqtisodiy va siyosiy barqarorligi bu notinch mamlakatga chambarchas bog’liq, deydi diplomat. Bleyk Vashingtondagi yirik tahlil markazi Xalqaro Tinchlik uchun Karnegi Jamg’armasida Markaziy Osiyodan kelgan rasmiylar va Amerika siyosatdonlari va jurnalistlari oldida so’zladi.

Afg’oniston tinch, barqaror va farovon o’lkaga aylanishi kerak, deydi Robert Bleyk. Bu yuksak maqsadga u qo’shni davlatlar madadisiz erisha olmaydi. Markaziy Osiyo respublikalari buni tushunadi va shu bois ham bir yoqadan bosh chiqarishi kerak, deydi Amerikaning mintaqa bo’yicha bosh diplomati.

AQSh Markaziy Osiyo-Afg’oniston bobida asosan uch masalaga e’tibor qaratmoqda: xavfsizlik, qoradori savdosiga qarshi kurash va iqtisodiy taraqqiyot. Vashington nazarida mintaqada ektremizm tahdidi hamon yuqori. Uni bartaraf etish yaqindan hamkorlik talab qiladi. AQSh narkotiklarga qarshi kurash uchun mintaqaga 100 million dollar ajratgan. Chegarachilar, bojxona xodimlari va qonun-tartibot organlari malakasini oshirib, ularni zarur vositalar bilan ta’minlash harakatida.

Janubiy va Markaziy Osiyoni qadimdan bog’lab kelgan yo’llar bor. Amerika ularni yaxshilab, yangi yo’nalishlar ochish kerak deya undamoqda.

Qo’shma Shtatlar va xalqaro koalitsiya mana shu yo’llardan foydalanib, qo’shinlarga zarur anjomlar tashimoqda, deydi Bleyk. Vashingtonning ezgu maqsadi, deydi u, urush tugab, vaziyat yaxshilana boshlagach, Shimoliy Ta’minot Tizimi deb atalmish bu tranzit yo’nalishi o’rnida savdo yo’llari, Yangi Ipak Yo’li vujudga keladi.

Robert Bleyk Afg’onistonda vaziyat hamon tang ekanini tan oladi. Obama ma’muriyati haqiqatni biladi, deydi u. Tinchlikka erishish uchun qattiq ter to’kilayapti, 2014-yilga borib afg’on xalqi o’z xavfsizligi uchun o’zi javobgar bo’ladi, deydi diplomat.

“Markaziy Osiyo ahli undan keyin nima bo’ladi deya xavotirda ekani bizga ma’lum”, - deydi Robert Bleyk.

“Biz Afg’onistonni va regionni aslo tashlab qo’ymaymiz. Qo’shma Shtatlar mintaqaga yordamni davom ettiradi, hamkorlik mustahkamlanadi”, - deya ta’kidlaydi diplomat.


Afg’oniston bilan strategik bitim imzolandi, bu davlatga AQShning yirik hamkori degan nom berildi, NATO ham katta va’dalar bergan. Bularni bajarish, samarani amalda ko’rish – Vashington oldiga qo’ygan eng muhim maqsadlardan, deydi Bleyk.

O’zbekiston va Turkmaniston Afg’onistonni elektr quvvati bilan ta’minlab kelmoqda. Qozog’iston afg’on ta’lim tizimini oyoqqa turg’azish yo’lida ulkan hissa qo’shmoqda, deydi diplomat. Qirg’iziston va Tojikiston ham yordamni ayamayapti. AQSh nazarida bu ko’mak salmoqli bo’lishi uchun regional birdamlik zarur. Mana shu narsa yetishmayotgani, deydi Bleyk, Markaziy Osiyoni ko’plab imkoniyatlardan, jumladan sarmoya va savdodan ayirmoqda. Chegaralardan o’tish amri mahol, transport va tranzit tizimlari zaif, regional aloqa na mahalliy xalqlar va na xorijiy talabga javob beradi.

AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 2011
AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 2011
Amerika mintaqaviy hamkorlikni oshirish uchun qator loyihalar bilan chiqqan, lekin ularning amaliyoti respublikalarning irodasiga bog’liq, deydi Bleyk.

Obama ma’muriyati Afg’oniston deb Markaziy Osiyo ahlining haq-huquqlari va demokratik harakatlarga ko’z yumayotganlikda, ularni o’z manfaatlari yo’lida qurbon qilganlikda ayblanadi. Amerikaga erkinlik va oshkoralik elchisi deb qaragan odamlar bugun uni lo’ttibozlikda, befarqlik va ikkiyuzlama siyosatda qoralaydi. Robert Bleyk deydiki, Vashingtonga nisbatan bunday tanqid o’rinsiz.

“Biz erkinlikni targ’ib qilishda davom etamiz. Region rahbarlari bilan inson huquqlari, demokratiya talabi, adolatli boshqaruv, fuqaro jamiyati singari muhim masalalar haqida ochiq gaplashamiz va shunday qilib kelayapmiz ham”,- deydi diplomat.

Robert Bleyk, Toshkent, 2011
Robert Bleyk, Toshkent, 2011
Jamiyatlar olg’a siljishi va osuda yashashi uchun erkinlik eng muhim talablardan biri, deya eslatadi AQSh Davlat kotibi muovini.

Amerika Afg’onistondan qo’shinlarini olib chiqar ekan, qurol-aslahaning katta qismi u yerda qoladi, qolgani balki Markaziy Osiyo davlatlariga beriladi degan iddaolarga Robert Bleyk oydinlik kiritishga harakat qildi. Bu haqda gapirishga hali biroz erta, deydi u, lekin mintaqadagi hamkor respublikalarga zarur vositalar berilishi mumkin.

Pokiston bilan munosabatlar iliqlashar ekan, Amerika xalqaro koalitsiyaga yuk tashishda yana janubiy yo’nalishlarga e’tiborni oshiradi, Shimoliy Ta’minot Tizimi ahamiyatini yo’qotadi degan gaplar safsata, deydi Bleyk. Janubiy va shimoliy yo’nalishlar birdek strategik rol o’ynaydi, deydi u.

Karnegi jamg’armasida yopiq eshiklar ortida o’tgan bir kunlik anjumanda Markaziy Osiyo va Amerikadan o’nlab rasmiy va mutaxassislar qatnashdi. O’zbekistondan Siyosiy taqdiqotlar markazidan Ashraf Aliqulov va Rustam Maxmudov; Davlat va Jamiyat Qurilishi Akademiyasidan professor Sayfiddin Jo’rayev, Otabek Xasanov va Tashqi ishlar vazirligining “Jahon” agentligi xodimi Ravshan Tursunov ishtirok etdi.

Robert Bleykning nutqi va u bilan savol-javob, ingliz tilida:

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan, ya'ni respublikadan turib axborot berish imkoniyatiga yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, editor, web editor, and producer, she has covered Central Asia and America for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the only and first-ever accredited U.S.-based journalist. Navbahor is also the founding President of the VOA Women’s Caucus. Educated in Uzbekistan, India, and at Harvard University, she was a 2016-17 Edward S. Mason Fellow at Harvard’s John F. Kennedy School of Government, where she also earned her Masters in Public Administration. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003 and has since presented more than 800 editions of the flagship weekly show “Exploring America,” which covers American foreign policy for some 40 million Uzbek speakers worldwide, focusing on U.S. relations with Central Asia and life and politics in the United States. She has co-hosted VOA-wide special broadcasts for a global audience. She has received multiple awards for excellence in broadcasting, including the VOA Gold Medal in 2010. As a multimedia journalist, with millions of viewers, listeners, followers, and fans, Navbahor writes and speaks frequently on Uzbek domestic politics, foreign policy, and society, as well as regional issues in Central Asia, for policy, academic, and popular audiences. Her essays have appeared in leading journals, including Foreign Policy, The National Interest, and The Diplomat, and she has lectured at institutions including the U.S. Foreign Service Institute, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, and George Washington University. Navbahor began her career at the Uzbek state broadcaster as a reporter and producer. She taught journalism at her alma mater, the Uzbek State University of World Languages in Tashkent, and then earned a B.A. in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore in India. A recipient of the Edmund Muskie Fellowship, she earned her MA in journalism from Ball State University. In 2009, Ball State’s journalism department named her an Outstanding Young Alumna.

XS
SM
MD
LG