Londonda mahalliy askarni pichoqlagan ikki shaxs hibsda

  • Amerika Ovozi

London janubi-sharqidagi harbiy baza

Britaniya rasmiylarining aytishicha, Londonda mahalliy askarni pichoqlab o’ldirgan ikki odam haqida tafsilotlar ayon bo’lib borayapti.

Ular Britaniya fuqarolari bo’lib, kelib chiqishi afrikalik ekani aytilmoqda. Muhojir nasroniy ota-onalar tomonidan katta qilingan va keyinchalik islomni qabul qilgan.

Hujumchilar hozir hibsda, deydi politsiya. Bu ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barrak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan.

Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan. Bularning bari kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron hujumdan dahshatda. “Nafaqat Britaniya, balki islomga nisbatan ham shafqatsiz bir hamla bu. Din bilan oqlaydigan ish emas bu.

Mamlakat va unda yashovchi barcha elatlar, e’tiqod ahli ektremizm va terrorga qarshi kurash qarorida yakdil”, - deydi Kameron.

Londondagi hujum