Nyu-Yorkda mashina yo'lovchilarni urib ketdi

  • Amerika Ovozi

Guvohlarning aytishicha, Nyu-York shahri markazidagi "Tayms" maydonida yengil mashina yo'lovchilarni bosib ketgan. Kamida bir kishi o'lgan, 15 ga yaqin kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda.

Nyu-York politsiyasi ma'lumotiga ko'ra, hodisada terrorizm alomatlari kuzatilmagan.

Haydovchi hibsga olingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli haydovchi avtomobilni mast holatda boshqarayotgan bo'lgan.

Prezient Donald Tramp voqeadan xabardor qilindi, deydi Oq uy so'zlovchisi Shon Spayser.

Voqea tafsilotlari o'rganilmoqda. Politsiya hududni to'sib qo'ygan.

The driver, a 26-year-old with a history of drunk driving, has been taken into police custody and is being tested for alcohol.