AQSh va Xitoy inson huquqlari bobida muloqot qilmoqda

  • Amerika Ovozi
Bugun AQSh va Xitoy rasmiylari inson huquqlari mavzusida ikki kunlik muloqot boshlagan. AQSh Davlat departamentiga ko’ra, Xitoyda o’tayotgan uchrashuv chog’ida qonun ustuvorligi, diniy erkinlik, so’z erkinligi, mehnatkashlar va Xitoydagi etnik ozchilikdagi guruhlar huquqlari ko’tariladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, muloqot ochiq va o’zaro hurmat asosida o’tadi.

Ikki davlat 1990-yildan beri inson huquqlari borasida gaplashib keladi. Ammo Qo’shma Shtatlar Xitoyda inson huquqlari ahvolini 2002-yilda BMTda tanqid qilgandan so’ng muloqot Pekin tashabbusi bilan olti yilga to’xtab qolgan edi.