Shinjonda xavfsizlik kuchlari yangi operatsiyalar boshladi

  • Amerika Ovozi

Qashg'ardagi manzara

Sharqiy Turkiston deb ataluvchi mintaqa, Shinjon-uyg'ur muxtoriyatida xavfsizlik kuchlari ikki oylik amaliyotlar boshlagan.

Yaqinda bu yerda bir necha xurujlar kuzatilgan, 30 dan ortiq fuqaro, asosan, uyg'urlar halok bo'lgan edi.

Viloyat bo'ylab yangi politsiya postlari joriy etilgan. Asosiy e'tibor maydonlar, vokzal va savdo markazlarida. Ular muntazam kuzatuv ostida bo'ladi, deydi rasmiylar.

Sentabr oyida Shinjon poytaxti Urumchida Xitoy-Yevrosiyo biznes ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Bu paytda xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilishi kutilmoqda.

Xitoy rahbariyati so'nggi xurujlarda "uyg'ur terroristlarni" ayblagan. Uyg'urlar va ularning surgundagi yetakchilari esa ayb hukumatning o'zida deydi.

Uyg'urlar Xitoyni zulmda, bu elatga qarshi siyosatda ayblab keladi. Rasmiy Pekin nazarida esa undan norozi fuqarolar juda oz va Shinjon bugun tezlikda taraqqiy etayotgan, farovon o'lka.

Mana bu yerda jahon uyg'urlari yetakchisi Robiya Qodir bilan suhbatni tinglab tomosha qilishingiz mumkin.