Klinton: AQSh Rossiyada demokratiya targ'ibotini davom ettiradi

  • Amerika Ovozi
Kecha Rossiyada inson huquqlari va muxolifat faollari bilan uchrashgan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton ularning xizmatlarini yuqori baholab, “Vashington sizni quvvatlaydi” degan.



Bu insonlar, deydi bosh diplomat, Rossiya kelajagi uchun ter to’kmoqda. Erkin va adolatli saylov, kamsitishlarga qarshi kurash, fuqaro huquqlarini himoya qilish – muhim va zarur harakatlar, deydi u.

“Rossiya xalqi mehnatkash. Hukumat sizning manfaatingiz va haqqingiz uchun xizmat qilishi kerak. Siz shunday rahbarlarga loyiqsiz”,- dedi Klinton Sankt-Peterburbdagi uchrashuvda.

Rossiya hukumati G’arbni, xususan AQSh va Yevropa Ittifoqini fuqarolarni unga qarshi qayrayotganlikda ayblab keladi.

Duma ko’rib chiqayotgan yangi qonun loyihasiga ko’ra, chetdan moliya oladigan nohukumat tashkilotlar, fuqaro jamiyati a’zolari, “xorijiy agent”lardir. Bu degani, ularni sudga tortish mumkin.
Nohukumat tashkilotlar G’arb moliyasi bilan ishlaydi. Amerika va Yevropa Ittifoqi Rossiyada demokratiya targ’ibotini davom ettirishini bildirib, Dumadagi harakatlarni keskin tanqid ostiga olmoqda.