Putinning matbuot kotibi koronavirusga chalindi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin aprel oxirida koronavirus yuqtirishi ketidan Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham rafiqasi bilan COVID-19 kasalligiga uchragani xabar qilinmoqda. 52 yashar Peskov virusni hamkasbidan yuqtirganini aytib, 1-maydan keyin o’zini izolyatsiya qilganini bildirdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 14-may, 2020-yil


Unga ko’ra, Kreml xodimlari kundalik ravishda koronavirusga testdan o’tmoqda.

Dunyoda salkam 4,5 million odam koronavirus yuqtirgan bo’lsa, Rossiya 252 mingdan ortiq kasallanganlar bilan AQSh va Ispaniyadan keyin uchinchi o’ringa chiqib oldi. Bu mamlakatda har kuni salkam 10 ming odam virusga chalinyapti.

Aytish joiz, AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pensning matbuot kotibasi Keyti Miller ham koronavirusga uchragan. U Prezident Donald Trampning siyosiy masalalar bo’yicha maslahatchisi Stiven Millerning rafiqasi bo’ladi.