Amerika Manzaralari 9 yoshda, muxlislar fikri

  • Amerika Ovozi
“Amerika Ovozi” O’zbek xizmati to’qqiz yildirki televizion dasturlar uzatadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerika Manzaralari 9 yoshda/Navbahor Imamova


Ko’rsatuvlarimizni O’zbekistonda faqat sun’iy yo’ldosh orqali tomosha qilish uchun. Har kuni, Asiasat 3, C to’lqini, 340-kanalda.

Shuningdek, internetda, amerikaovozi.comda istalgan paytda. YouTube singari video manbalarda ham o’z kanalimizga egamiz. Qirg’izistonda O’shda va Jalol-Obodda bizni “Keremet” telekanali orqali har dushanba 18:30 da ko’rish mumkin.

Shu kunlarda “Amerika Manzaralari” haftalik telejurnalimizning 500-sonini efirga uzatdik.

2003-yilning dekabr oyida "Amerika Ovozi" o'zbek tilida teledasturlar berishni boshlaganimizda sizni dunyoning bu qismidagi yangiliklardan boxabar qilib turishni, sizni Amerika bilan yaqindan tanishtirishni, AQSh sizning yurtingizga nisbatan qanday siyosat yuritayotganini tahlil qilib borishni maqsad qilgan edik.

Oradan to'qqiz yil o'tdi. Bugun sizga "Amerika Manzaralari" ning 500-sonini taqdim etmoqdamiz.

Shu kunlarda muxlislardan ko'plab tabriklar oldik. O'zbekiston, Qirg'iziston, Afg'onistondan, qolaversa Yevropa mamlakatlari va Amerikada yashayotgan muhojirlardan…